
Bugungi kunda Navoiy viloyatida 18 mingga yaqin tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Viloyat iqtisodiyotining asosiy drayverlari sifatida sanoat va xizmat koʻrsatish sohalari belgilangan. Oʻzsanoatqurilishbank ushbu yo‘nalishdagi tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlashda muhim oʻrin egallab kelmoqda.
Raqamlar va istiqbollar
Bank tomonidan 2025-yil davomida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
– 210 dan ziyod tadbirkorlik subyektiga moliyaviy koʻmak berildi.
– Jami 288 milliard soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratildi.
– Ushbu loyihalar doirasida 250 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilib, aholi daromadlari oshishiga xizmat qilindi.
“Biz aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslarni izchil qoʻllab-quvvatlab kelyapmiz,” – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning Navoiy xizmatlar ofisi boshqaruvchisi oʻrinbosari Ortiq Hikmatov.
Ijtimoiy sohaga sarmoya: “Moʻjizalar dunyosi”
Bankning moliyaviy koʻmagi nafaqat sanoat, balki ijtimoiy xizmat koʻrsatish, xususan, maktabgacha taʼlim sohasini ham qamrab olmoqda. Karmana tumanida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Dilnoza Xatamovaga qarashli “Moʻjizalar dunyosi” nomli bolalar bog‘chasi bunga yorqin misoldir.
Muassasa bankdan ajratilgan 100 million soʻmlik kredit evaziga oʻz binosini kapital taʼmirdan chiqardi va zamonaviy jihozlar bilan taʼminladi.
Loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar:
– Bolalar uchun maxsus stol-stullar, karavot va matraslar xarid qilindi.
– Oʻquv qurollari va zarur anjomlar yangilandi.
– Natijada bogʻcha qamrovi 75 foizga oshdi. Ayni paytda mahalladagi bolalarning qariyb 60 foizi mazkur yangilangan muassasaga qatnamoqda.
Zamonaviy taʼlim va yangi ish oʻrinlari
Muassasada taʼlim rus va ingliz tillarida olib boriladi, shuningdek bolajonlarga STEAM fanlari, gimnastika, shaxmat va shashka kabi yoʻnalishlarda ham saboq berilmoqda. Eng muhimi, mazkur loyiha doirasida 10 nafardan ortiq mahalliy aholi vakillari doimiy ish oʻrniga ega boʻldi.
Muassasa xodimi Zarnigor Xolboyevaning taʼkidlashicha, yaratilgan sharoitlar bolalarning sifatli taʼlim olishi va har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻzsanoatqurilishbankning tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan bu kabi loyihalari respublikaning boshqa hududlarida ham jadal davom ettirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari doirasida Oʻzsanoatqur ...
Prezidentimizning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasidа o’tjazilgan muloqotlar davomida quril ...
Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorl ...

