Hurmatli hamyurtlar!
Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsadida ko‘plab iqtisodiy dasturlar amalga oshirilmoqda. “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari qo‘llanilmoqda.
Ushbu islohotlarning mas’ul ijrochilari qatorida O‘zsanoatqurilishbank tomonidan faol ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Prezidentimizning joriy yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘nga yaqin jozibador bank mahsulotlari ishlab chiqildi.
“Biznesga birinchi qadam”, “Biznesga birinchi qadam – 2”, “Tadbirkorga ko‘mak”, “Yashil ish o‘rinlari”, “Mikro”, “Imkoniyat”, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”, “Mahalla tadbirkori” kabilar shular jumlasidandir.
Joriy yilning birinchi yarmida Qashqadaryo viloyatida bankka biriktirilgan 30ga yaqin mahallalardagi 203 ta xonadonga bog‘dorchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik va issiqxona xo‘jaligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha paketlari yetkazib berildi.
Ularni tadbiq etish uchun 3,1 mlrd. so‘m hajmida kredit mablag‘lari ajratildi, 370 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra olib borilgan ishlar samarasida 78 ta loyiha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib, 273 ta ish o‘rni barpo etildi.
13,8 mlrd. so‘mlik kredit ajratish hisobiga 332 ta mikroloyiha amalga oshirildi. Natijada ushbu hududda 700ga yaqin aholi ish bilan ta’minlandi.
“Biznesga birinchi qadam” va “Biznesga birinchi qadam – 2” kredit mahsulotlari bo‘yicha 489 nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroga 6,4 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi.
Joylarda mingdan ziyod tadbirkorlar ishtiroida tashkil qilingan uchrashuvlarda kelib tushgan murojaatlarning 90 foizi ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab qiluvchi masalalar bank rahbariyati nazoratiga olindi.
Bankimiz tomonidan yil yakuniga qadar ushbu yo‘nalishdagi ishlar keng ko‘lamda davom ettiriladi.
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida bankka biriktirilgan har bir mahallada kamida 5 tadan loyihaga kredit mablag‘lari ajratiladi.
Bundan tashqari, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha 580 ta mikroloyiha amalga oshiriladi.
Yirik korxonalarning yangi loyihalariga kredit ajratish asnosida esa qo‘shimcha 635 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Azizlar, so‘zim so‘ngida bankimiz tomonidan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish, xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ular daromadini oshirish, shuningdek, hudud ishbilarmonlarini qo‘llab-quvvatlash sa’y-harakatlari davomli ekanligini qayd etmoqchiman.
E’tiboringiz uchun rahmat!
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Beruniy-agro star” hamda Andijon viloyatidagi “Asaka a ...
Hurmatli tadbirkorlar! Yurtimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy sanoatim ...
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiyotning o‘sishiga, balki uning barqaror va samara ...