Hurmatli hamyurtlar!
Ma’lumki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirishga, balki ko‘plab ijtimoiy masalalarni hal qilishga xizmat qiluvchi muhim soha.
Bu – aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini ko‘paytirish, hududlardagi infratuzilmalar, xizmat ko‘rsatish va servis jozibadorligini oshirish, bu – inson salohiyatini ishga solish, ilm-fan va innovatsiyalar taraqqiyoti omilidir.
Shu bois mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka jalb qilib, ishsizlikni kamaytirish maqsadida ko‘plab iqtisodiy dasturlar amalga oshirilmoqda. “Sayhunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari qo‘llanilmoqda.
Ushbu islohotlarning mas’ul ijrochilari qatorida bankimiz tomonidan zarur tizim yaratildi, ishchi guruhi tashkil etildi.
Shuningdek, Prezidentimizning joriy yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi 7-sonli qarori ijrosi doirasida bank tomonidan ishbilarmonlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hisobidan yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan o‘nga yaqin jozibador bank mahsulotlari ishlab chiqildi.
“Biznesga birinchi qadam”, “Biznesga birinchi qadam – 2”, “Tadbirkorga ko‘mak”, “Yashil ish o‘rinlari”, “Mikro”, “Imkoniyat”, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”, “Mahalla tadbirkori” kabilar shular sirasiga kiradi.
Joriy yilning birinchi yarmida Surxondaryo viloyatida bankka biriktirilgan 43 ta mahalladagi 340 ta xonadonga bog‘dorchilik, parrandachilik, asalarichilik, chorvachilik va issiqxona xo‘jaligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha paketlari yetkazib berildi.
Ularni tadbiq etish uchun 5,8 mlrd. so‘m hajmida kredit mablag‘lari ajratildi, 772 nafar aholi bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining 2023-yil 14-sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 306-sonli qaroriga ko‘ra olib borilgan ishlar samarasida esa, 234 ta loyiha moliyaviy qo‘llab-quvvatlanib, 1 178 ta ish o‘rni barpo etildi.
13,8 mlrd. so‘mlik kredit ajratish hisobiga 332 ta mikroloyiha amalga oshirildi. Natijada ushbu hududda 680dan ortiq aholi ish bilan ta’minlandi.
“Biznesga birinchi qadam” va “Biznesga birinchi qadam – 2” kredit mahsulotlari bo‘yicha 470 nafar o‘zini o‘zi band qilgan fuqaroga 19,9 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar ajratildi.
Joylarda tashkil etilgan uchrashuvlarda mingdan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdi. Ulardan kelib tushgan 284 ta murojaatning 275 tasi ijobiy hal etilib, qolgan qismi bank rahbariyati nazoratiga olindi.
Bankimiz tomonidan yil yakuniga qadar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlab, aholi bandligi va daromadini oshirishga qaratilgan ishlar yanada faol davom ettiriladi.
Bu borada reja va maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
Xususan, unga ko‘ra, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarini hal qilish va faoliyatini kengaytirishga har tomonlama qo‘maklashish maqsadida hududlarda mas’ul idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Uchrashuvlarda yana mingdan ziyod tadbirkorlar ishtirokini ta’minlash va ular tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni o‘z vaqtida hal qilish choralari ko‘riladi, ortiqcha vaqt talab etuvchi masalalar bank rahbariyati nazoratiga olinadi.
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi doirasida “Biznesga omad” kredit mahsuloti asosida bankka biriktirilgan har bir mahallada kamida 5 tadan loyihaga kredit mablag‘lari ajratiladi.
Bundan tashqari, mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha 860 ta mikroloyiha amalga oshiriladi.
Yirik korxonalarning yangi loyihalariga kredit ajratish asnosida esa 320 ta yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan.
Azizlar, so‘zim so‘ngida bankimiz tomonidan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish, xususan, aholiga xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish yo‘lida har tomonlama ko‘maklashish, shuningdek, hudud ishbilarmonlarini qo‘llab-quvvatlash sa’y-harakatlari davomli ekanligini qayd etmoqchiman.
E’tiboringiz uchun rahmat!
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Beruniy-agro star” hamda Andijon viloyatidagi “Asaka a ...
Hurmatli tadbirkorlar! Yurtimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy sanoatim ...
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiyotning o‘sishiga, balki uning barqaror va samara ...