O‘zsanoatqurilishbank sirdaryolik tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlamoqda


14.01.2026 16:09

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda hududlar iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar izchil amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, 2025-yil davomida Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan 150 ga yaqin tadbirkorlik sub’ektlari bank tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 135 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Moliyaviy resurslarning asosiy qismi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini barqaror rivojlantirishga yo‘naltirildi. Natijada hududda 218 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.

– Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida bank tomonidan aholi turmush darajasini oshirish, tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar izchil qo‘llab-quvvatlanmoqda, – deydi O‘zsanoatqurilishbank ATBning Sirdaryo bank xizmatlari ofisi boshqaruvchisi o‘rinbosari Oybek Hamidov. – Xususan, o‘tgan yil mobaynida viloyatda iqtisodiy dasturlar doirasida 16 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilib, 890 nafardan ortiq fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.

Shuningdek, mahalla bankirlari va mahalla agentlari ko‘magida hududda 561 ta mikroloyiha moliyalashtirilib, ular uchun 12 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Ushbu sa’y-harakatlar ham, o‘z navbatida, aholi daromad manbalarini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qildi.

SQB ko‘magida tadbiq etilgan loyihalardan biri Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “Olimp” fitnes klubi hisoblanadi. Mazkur sport-sog‘lomlashtirish markazi 2025-yil fevral oyida o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, yil davomida 5 mingga yaqin tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Loyiha doirasida yillik tushum 125 mln. so‘mni tashkil etmoqda.

– 2008-yildan buyon O‘zsanoatqurilishbank mijoziman, – deydi “SAYORA FAYZ XAMKOR BARAKA” xususiy korxonasi menejeri Bahodir Xudoyberganov. – Shu davr mobaynida bank qo‘llab-quvvatlovi bilan 5 ta loyiha amalga oshirildi. “Olimp” fitnes klubidir. Klub faoliyatini boshlaganimizda qo‘shimcha sport anjomlariga ehtiyoj tug‘ildi. Bank tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari hisobidan Germaniyadan zamonaviy anjomlar xarid qilindi. Natijada qo‘shimcha ish o‘rni yaratildi. Hozirda bu yerda bir vaqtning o‘zida 30 nafarga yaqin fuqaro shug‘ullanish imkoniyatiga ega.

 





Boshqa yangiliklar

11/20/2025 12:44:32 pm
Navoiy viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Karmana tumanidagi namunaviy loyiha

Prezidentimiz tomonidan belgilangan aholi daromadini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kichik ...

11/03/2025 12:33:45 pm
O‘zsanoatqurilishbank (SQB) rahbariyati aholi bandligi va muammolarini o‘rganish uchun joylarga chiqdi

Ushbu tashabbuslar Prezidentimiz boshchiligida aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar ...

09/23/2025 05:48:04 pm
O‘zsanoatqurilishbankning moliyaviy inklyuziya yo‘lidagi tashabbuslar

Aholi daromadini oshirish, bandlikni kengaytirish va har bir oila uchun munosib t ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 14.01.2026 16:11  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo