Davlat dasturlari ijrosi

Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektorda mahalliy sanoat va tadbirkorlni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi


09.06.2025 14:45

Hurmatli tadbirkorlar!

Yurtimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy sanoatimizni yana-da yuksaltirish, yoshlar va yangilikka intilayotgan har bir inson uchun imkoniyat eshiklarini ochish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotimizni barqarorlashtirish, fuqarolarimizning kelajakka ishonchini mustahkamlash va “Made in Uzbekistan” brendini jahon bozorida tanitishga qaratilgan.

Ana shunday keng qamrovli islohotlarning navbatdagi yorqin ifodasi sifatida joriy yil 26-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishini alohida qayd etish mumkin. Yig‘ilishda mahalliy sanoat tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilindi.

Xususan, mebelsozlik sohasidagi imkoniyatlar:

– Yakka tartibdagi tadbirkorlarga 5 nafargacha ishchi jalb etgan holda mebel ishlab chiqarishga ruxsat berildi.

– Yosh tadbirkorlarga 7-yilgacha, 5 milliard so‘mgacha 18 foiz stavkada kreditlar ajratilishi belgilandi.

– 14 turdagi xomashyo, aksessuar va materiallar uchun 3-yil muddatga import boji 1 foiz qilib belgilanadigan bo‘ldi.

Shuningdek, yog‘och va boshqa materiallar markazlashgan tartibda yetkazib beriladi.

Xalqaro sertifikatlar olish jarayonida davlat tomonidan moliyaviy ko‘mak ko‘rsatiladi.

Milliy brendlar yaratish va targ‘ib qilish bo‘yicha maxsus kampaniya tashkil etiladi.

“Mall of Uzbekistan” savdo markazlarida milliy mahsulotlarni minimal ijarada sotish imkoniyati yaratiladi.

Zargarlik sohasida yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun tilla buyumlari savdosini rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, zargarlik uskunalari import bojidan ozod etiladi.

Dizayner, texnolog va gemmologlarni jalb qilish xarajatlari davlat tomonidan qisman qoplab beriladi.

Oltin zaxirasi oshiriladi, markazlashgan savdo tizimlari tashkil etiladi.

Chet el mutaxassislarini jalb etish uchun 2,5 ming dollargacha xarajat kompensatsiya qilinadi (kamida 5 nafar shogird tayyorlash sharti bilan).

Navoiy va Olmaliq kombinatlaridan oltinni bo‘lib to‘lash asosida xarid qilish tartibi yana 3-yilga uzaytiriladi.

Birjaga chiqariladigan oltin hajmi 6 tonnaddan 8 tonnaga oshiriladi.

Nufuzli brendlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning dizaynini jalb qilish xarajatlari uchun 30 ming dollargacha kompensatsiya ajratiladi.

To‘qimachilik va charm sanoatiga ham qator imtiyozlar berildi.

Mazkur tarmoq korxonalarida ishlaydigan xodimlarning 15 foizi ehtiyojmand oilalar va nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lsa:

• Foyda solig‘i – 2 foiz

• Ijtimoiy soliq – 1 foiz etib belgilanadigan bo‘ldi.

Shu bilan birga, xalqaro sertifikatlashtirish xarajatlari davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi.

Eksportga yo‘naltirilgan korxonalar ro‘yxati kengaytiriladi.

Yig‘ilishda ta’lim va malaka oshirish borasida mebelsozlik va zargarlik sohalarida kadrlar tayyorlashni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Endilikda har yili minglab ustalarni zamonaviy ko‘nikmalarga o‘qitish uchun xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi.

Davlat bu jarayonni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.

Infratuzilma va klasterlarni rivojlantirish maqsadida yangi mebelchilik va zargarlik klasterlari, shou-rumlar, laboratoriyalar va savdo nuqtalarini tashkil etish topshirig‘i berildi.

Sohaga ixtisoslashgan markazlar orqali mahsulot sifatini oshirish va bozorga chiqish imkoniyatlari kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘riladigan bo‘ldi.

Qurilish materiallari sohasida talabni qanoatlantirish masalasi muhokama qilindi. Mahalliy qurilish materiallarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va importni qisqartirish maqsadida:

• Developerlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratiladigan bo‘ldi;

• kreditlar berishda mahalliy mahsulotlardan foydalanish ustuvor etib belgilanishi aytib o‘tildi.

 

Qadrli tadbirkorlar!

2025-yil – mahalliy sanoatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va mahsulotlarimizni xalqaro bozorga olib chiqishda yangi tarixiy davr bo‘ladi.

Bugun sizning faolligingiz, tashabbuskorligingiz va yangilikka tayyor ekaningiz mamlakat taraqqiyotining asosiy tayanchiga aylanmoqda.

Shu bois, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, sifat va innovatsiyani ustuvorlikka aylantirish har birimizdan faol harakat talab etadi.

Biz, “O‘zsanoatqurilishbank” mas’ullari, ushbu jarayonlarda sizlarga doimo yelkadosh va ishonchli hamkor bo‘lishga tayyormiz.

 





Boshqa yangiliklar

06/24/2025 12:10:33 pm
Tomorqa – daromad manbai, ozuqa – eksport poydevori: SQB’ning agrosanoatdagi tashabbusi

O‘zsanoatqurilishbank (SQB) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Beruniy-agro star” hamda Andijon viloyatidagi “Asaka a ...

05/16/2025 12:56:53 pm
Energiya samaradorligi – iqtisodiy yuksalish garovi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiyotning o‘sishiga, balki uning barqaror va samara ...

05/15/2025 12:26:54 pm
Bank ko‘magidagi rivoj odimlari

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni kengaytirish va aholi bandligini ta’ ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 09.06.2025 14:47  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo