Samarqand shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston va Belarus hukumatlararo komissiya yig‘ilishi doirasida ikki davlat ishbilarmonlari uchun biznes forum tashkil etildi. Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “Bellesbumprom” konserni o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Biznes forumda O‘zbekiston va Belarus ishbilarmon doiralarining ikki yuzdan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Unda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida mamlakat iqtisodiyotiga 100 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoya jalb etish rejalashtirilgani ta’kidlandi.
Biznes forum doirasida O‘zbekiston va Belarus Respublikalari o‘rtasida Konchilik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyasi majlisi ham bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan mamlakatimiz qurilish materiallari sanoati va asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot berildi.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “Bellesbumprom” konserni o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Bank Axborot xizmati
Oʻzsanoatqurilishbank rahbariyati Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Xo‘jgi, Meh ...
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotig ...
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotining yuksak saviyada o‘tkazilishi uchun Oʻzsanoatqurilish ...

