
Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan oʻtkaziladigan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik ishlari doirasida Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan bevosita uchrashuvlar davom ettirilmoqda.
Navbatdagi uchrashuvda Bank rahbariyati Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahri hamda Qoʻshtepa tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlarning faoliyatini yanada kengaytirishga toʻsqinlik qilayotgan masalalar tinglanib, ularni bartaraf etish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish hamda har bir murojaat yuzasidan aniq yechimlar ishlab chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bank mutasaddilari tomonidan tadbirkorlarning murojaatlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, istiqbolli loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha zarur choralar belgilandi.
Bir tadbirkorning kiçik oilaviy biznesi bugun 35 kişi mehnat qilayotgan korxonaga aylangan. Boşqasi esa 15 millio ...
“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...
Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...
