Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar: murojaatlar va takliflar o‘rganildi


24.06.2026 12:56

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar: murojaatlar va takliflar o‘rganildi

Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida Samarqand viloyatining Oqdaryo va Payariq tumanlarida tadbirkorlar hamda fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘rganishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Anvar Ergashev ishtirokida tashkil etilgan muloqotlarda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, kredit mablag‘laridan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda biznes vakillarini qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.

Dastlab Oqdaryo tumani Soliq inspeksiyasi binosida o‘tkazilgan uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflarini bildirdilar. Mutasaddilar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berilib, ayrim murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Shuningdek, Payariq tumanining Toshhovuz mahallasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar va fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Muloqot davomida biznesni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, kreditlash masalalari hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga oid takliflar muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda hududlarning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Boshqa yangiliklar

08/10/2026 10:21:04 am
Tadbirkorlar va fuqarolar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank rahbariyati Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Xo‘jgi, Meh ...

08/06/2026 04:52:00 pm
Bank ko‘magi yangi biznes va yangi ish o‘rinlariga zamin yaratmoqda

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotig ...

08/05/2026 12:14:37 pm
Biznes rivoji yo‘lidagi takliflar muhokama markazida

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotining yuksak saviyada o‘tkazilishi uchun Oʻzsanoatqurilish ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.06.2026 12:57  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит