ICHKI XAVFSIZLIK DEPARTAMENTI Qashqadaryo viloyati ichki xavfsizlik guruhi menejeri vakansiyasiga tanlov asosida qabul


09.10.2026 04:18

Lavozim vazifalari:

  • Bank faoliyatida ichki xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • Bank xodimlari, mijozlari va bank aktivlariga nisbatan xavf va tahdidlarni aniqlash, baholash hamda ularning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘rish;
  • Bankning ichki xavfsizlik siyosati, tartib-taomillari va ichki me’yoriy hujjatlari talablariga rioya etilishini monitoring qilish;
  • Bank faoliyatida aniqlangan qonunbuzarliklar, suiiste’molliklar va xavfsizlik bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish hamda tegishli xulosalar tayyorlash;
  • Xodimlar tomonidan ichki tartib-qoidalar va bankning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • Firibgarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va boshqa ichki xavflarni aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Ichki xavfsizlikka oid murojaatlar, xabarlar va aniqlangan holatlarni o‘rganish hamda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
  • Zarur hollarda bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda xizmat tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;
  • Bankning moddiy va nomoddiy aktivlari, maxfiy ma’lumotlari va tijorat sirlarini himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
  • Bankning axborot va hujjatlaridan foydalanish jarayonlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
  • Ichki xavfsizlikka oid risklarni tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Ichki xavfsizlik masalalari bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotnomalar va tahliliy materiallar tayyorlash;
  • Amaldagi qonunchilik, bankning ichki me’yoriy hujjatlari, maxfiylik va bank siri to‘g‘risidagi talablariga rioya qilish;
  • Ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha bankning tarkibiy bo‘linmalari bilan samarali hamkorlik qilish;
  • Belgilangan KPI va reja ko‘rsatkichlarini bajarish.

Talablar:

  • Oliy ma’lumot (huquqshunoslik, iqtisodiyot, moliya, bank ishi, xavfsizlik yoki tegishli yo‘nalishlarda);
  • Bank, moliya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki xavfsizlik yo‘nalishlarida kamida 2 yillik ish tajribasi;
  • Ichki nazorat, xavfsizlik, xizmat tekshiruvlari yoki risklarni boshqarish yo‘nalishida ish tajribasi ustunlik beradi;
  • Amaldagi qonunchilik va bankning ichki me’yoriy hujjatlarini bilish;
  • Bank faoliyati, bank mahsulotlari va ichki jarayonlar bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;
  • Xavf va risklarni aniqlash, tahlil qilish hamda baholash ko‘nikmasi;
  • Hujjatlar bilan ishlash va tahliliy fikrlash qobiliyati;
  • Xizmat tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
  • Maxfiy ma’lumotlar bilan ishlash talablariga rioya qilish;
  • Kompyuter va axborot tizimlarida ishlash ko‘nikmasi;
  • Mas’uliyatlilik, halollik, xolislik va yuqori darajadagi ijro intizomi;
  • Og‘zaki va yozma nutqning ravonligi;
  • Bosim ostida ishlash va murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati.

Ish sharoitlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
  • Raqobatbardosh ish haqi;
  • Kasbiy rivojlanish va martaba o‘sishi imkoniyati;
  • Yirik va barqaror bankda ishlash imkoniyati;
  • Zamonaviy ofis va qulay mehnat sharoitlari;
  • Ahil jamoa va moslashuv davrida to‘liq qo‘llab-quvvatlash;
  • Ish jadvali: 5/2.

Rezyume yuborish:

hr@sqb.uz





Boshqa yangiliklar

10/19/2026 04:58:48 pm
SQB Mikro va kichik biznes departamentining Biznesni rivojlantirish xizmati katta menejer lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Mikro va kichik biznes mijozlarini faol jalb qilish, mijozlar bazasini kengayti ...

10/19/2026 04:57:47 pm
SQB Ijroni boshqarish va rivojlantirishni tahlil qilish departamentining Devonxona xizmati ish yurituvchi lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • Bankka kelib tushadigan hujjat va yozishmalarni, jumladan davlat organlari, Markaziy bank va b ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 13.10.2026 09:19  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит