“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Farg‘ona bank xizmatlari ofisi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Yuridik mijozlar kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni ishga taklif qiladi!
16.10.2026 04:05
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ishlash, yangi mijozlarni jalb qilish, bank mahsulotlari savdosini rivojlantirish hamda mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatishga qiziqadigan, faol va mas’uliyatli nomzodlarni jamoamizga taklif qilamiz.
ASOSIY VAZIFALAR:
- Yangi yuridik mijozlar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilish, mijozlar bazasini kengaytirish;
- Mijozlar bilan uchrashuvlar va telefon muloqotlari orqali bank xizmatlarini targ‘ib qilish;
- Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash, ularga mos bank mahsulotlari va xizmatlarini taklif etish;
- Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish jarayonlarini amalga oshirish;
- Hisob-kitob-kassa xizmatlari, kreditlar, depozitlar, bank kartalari, ish haqi loyihalari, ekvayring va masofaviy bank xizmatlarini taklif qilish;
- Bank mahsulotlari savdosi bo‘yicha belgilangan individual reja va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish;
- Mijozlarning hujjatlarini qabul qilish, tekshirish va yuridik dosyelarni shakllantirish;
- Bankning ichki tartib-qoidalari, komplayens, KYC va AML/CFT talablariga rioya qilish.
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Oliy, o‘rta maxsus yoki professional ma’lumotga ega bo‘lish;
- Mijozlar bilan samarali muloqot qilish va muzokaralar olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- Bank mahsulotlari va bank operatsiyalari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
- Kompyuter savodxonligi, Microsoft Office dasturlari bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, xushmuomalalik va jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
- Savdo ko‘nikmalari, natijaga yo‘naltirilganlik va yangi mijozlarni jalb qilishga intilish.
BIZ SIZGA NIMANI TAKLIF QILAMIZ?
- Barqaror va professional bank tizimida faoliyat yuritish imkoniyati;
- Kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- Tajribali mutaxassislar bilan bir jamoada ishlash;
- Kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari.
Ish joyi: Farg‘ona bank xizmatlari ofisi.
Rezyumelarni yuborish uchun: hr@sqb.uz
Bank sohasida o‘z salohiyatingizni namoyon etish va professional jamoamizning bir qismiga aylanishni istasangiz, biz sizni tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz!

195
Boshqa yangiliklar