“O‘zsanoatqurilishbank” ATB jamoasiga Universal kassir lavozimiga ishga taklif etadi


10.09.2026 07:43

 Chirchiq bank xizmatlari markazi

 Asosiy vazifalar:

• Jismoniy va yuridik shaxslarga kassa xizmatlarini ko‘rsatish;
• Milliy va xorijiy valyutada naqd pul mablag‘larini qabul qilish va berish;
• Valyuta ayirboshlash, komission, kommunal va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish;
• Bank kartalari bilan bog‘liq kirim va chiqim operatsiyalarini bajarish;
• Bank kartalari va PIN-konvertlarni belgilangan tartibda mijozlarga berish;
• Kassa hujjatlarini rasmiylashtirish va bank dasturiy ta’minotida tegishli operatsiyalarni tasdiqlash;
• AML/CFT talablari asosida mijozlarni identifikatsiya qilish;
• Naqd pullarni sanash, saralash, o‘rash va saqlash;
• Bankomat, infokiosk va avtomatlashtirilgan depozit mashinalari bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirish;
• Yuridik shaxslarning kirim va chiqim kassa operatsiyalarini bajarish;
• Operatsion kun yakunida kassadagi naqd pul va qimmatliklarni tegishli hujjatlar bilan solishtirish;
• Markaziy bank me’yoriy hujjatlari va Bankning ichki hujjatlari talablariga rioya qilish.

 Talablar:

Oliy yoki o‘rta maxsus iqtisodiy ma’lumot;
• Kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini bilish;
• Pul mablag‘lari bilan ishlashda mas’uliyatlilik, diqqatlilik va aniqlik;
• Mehnat va ijro intizomiga rioya qilish;
• Bank faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlarni bilish — afzallik.

 Ariza topshirish uchun:
Rezyumeni hr@sqb.uz elektron manziliga yuboring.





Boshqa yangiliklar

09/11/2026 04:38:27 pm
Korporativ markaz Kredit qarzdorliklarini monitoring qilish hamda erta ogohlantirish signallarini berish xizmati menejeri

ASOSIY VAZIFALAR Korporativ mijozlarning kredit qarzdorliklarini muntazam monitorin ...

09/10/2026 05:17:58 pm
SQB Qatartol bank xizmatlari ofisi Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi Ofis menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Mijozlar bilan ishlash, bank mahsulotlarini sotish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlar oqimini samarali bos ...

09/10/2026 05:17:31 pm
SQB Jizzax bank xizmatlari ofisi Yakuniy nazorat xizmati Yakuniy nazorat guruhi kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank operatsiyalari bo‘yicha hujjatlarni tekshirish, yakuniy nazoratni amalga oshirish va hujjatlarning belgilangan tala ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 10.09.2026 12:43  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит