SQB Bank kartalari tizimlarini qo‘llab-quvvatlash departamentining Ekvayring va emissiya xizmati Samarqand viloyati bo‘yicha emissiya va ekvayring guruhi kichik menejeri lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


26.10.2026 14:41

Agar siz bank kartalari infratuzilmasi bilan ishlashni, zamonaviy to‘lov texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashni va texnik jarayonlarni nazorat qilishni istasangiz - sizni jamoamizda kutamiz.

Asosiy vazifalar:
• Bankomat, infokiosk, kartomat va embosserlarning kunlik monitoringini olib borish.
• Qurilmalarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash.
• Ta’mirtalab qurilmalar hisobini yuritish hamda servis xizmatlariga buyurtmalar yuborish.
• To‘lov terminallarini dasturlash va PID Pad qurilmalarini o‘rnatish.
• Bank tarmog‘idagi bankomatlar, terminallar, infokiosklar, kartomatlar va embosserlarning texnik holati bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish.
• Uzcard, Humo va xalqaro bank kartalari emissiyasini amalga oshirish.
• Protsessing markazi bilan bog‘liq mijozlar murojaatlarini ko‘rib chiqish va kamchiliklarni bartaraf etish.
• Bankomat funksiyalaridagi yangilanishlarni joriy etish hamda hisobotlarni tayyorlash.

Talablar:
• Oliy iqtisodiy yoki texnik ma’lumot.
• Bank tizimida kamida 1 yillik ish tajribasi.
• Bankomat, terminal, embosser va infokiosklar bilan ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar.
• Bank kartalari emissiyasi bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalar.
• Analitik fikrlash, mas’uliyat va natijaga yo‘naltirilganlik.
• Jamoada ishlash va samarali muloqot ko‘nikmalari.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.

Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.



Boshqa yangiliklar

11/11/2026 06:05:35 pm
SQB Toşkent şahar bank xizmatlari ofisi boşqaruvçisi lavozimiga taşqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank xizmatlari ofisi faoliyatini samarali boşqariş, biznes natijalarini oşiriş, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ...

11/11/2026 06:04:42 pm
SQB Farğona bank xizmatlari ofisi boşqaruvçisi lavozimiga taşqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank xizmatlari ofisi faoliyatini samarali başqariş, biznes natijalarini oşiriş, m ...

11/11/2026 06:03:28 pm
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisi boşqaruvçisi lavozimiga taşqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank xizmatlari ofisi faoliyatini samarali boşqariş, biznes natijalarini oşiriş, mijozlarga yuqori sifatli ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 11.11.2026 14:41  
up