SQB Toşkent şahar bank xizmatlari ofisi boşqaruvçisi lavozimiga taşqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


11.11.2026 16:04

Bank xizmatlari ofisi faoliyatini samarali boşqariş, biznes natijalarini oşiriş, mijozlarga yuqori sifatli xizmat körsatiş va jamoani natijaga yönaltiriş boyiça tajribaga ega mutaxassislarni jamoamizga taklif qilamiz.


 Asosiy vazifalar:

• BXO faoliyatini boşqarış, Bank strategiyasi va belgilangan biznes-reja körsatkiçlari bajarilişini ta’minlaş.

• BXOning moliyaviy natijalari, daromadliligi, samaradorligi va asosiy biznes körsatkiçlari uçun mas’ul böliş.

• Mijozlarga xizmat körsatiş sifati, xizmat standartlari va biznes jarayonlariga rioya etilişini ta’minlaş va nazorat qiliş.

• Xodimlar faoliyatini boşqariş, KPI va individual reja körsatkiçlari ijrosini nazorat qiliş hamda natijadorlikni oşiriş.

• BXO xodimlariga biznes-reja va KPI körsatkiçlarini bajariş boyiça topşiriqlar beriş, amaliy yordam körsatiş va ularning kasbiy rivojlanisiga kömaklaşiş.

• BXO faoliyatidagi muammo va kamçiliklarni aniqlaş, ularni tezkor bartaraf etiş hamda tegişli taklif va hisobotlarni taqdim etiş.

• Mijozlarning murojaatlari, e’tiroz va takliflarini örganiş, ularning ehtiyojlarini qondiriş va xizmat sifatini yaxşilaş çoralarini köriş.

• BXOning kassa faoliyati va naqd pul muomalasini nazorat qiliş, mijozlarning naqd pulga bölgan talabini öz vaqtida ta’minlaş.

• Bankning içki hujjatlari, mehnat qonunçiligi va boşqa normativ-huquqiy talablar hamda ijro intizomiga rioya etilişini ta’minlaş.

• AML/CFT va içki nazorat talablariga rioya etilişini nazorat qiliş.

• Davlat organlari, taşkilotlar, mijozlar va Bankning tegişli tarkibiy bölinmalari bilan hamkorlikni yölga qoyiş hamda BXOning uzluksiz faoliyatini ta’minlaş.


 Talablar:

• Oliy ma’lumot (iqtisodiy yoki boşqa yönalişda).

• Bank tizimida kamida 5 yillik iş tajribasi.


 Iş joyi: Toşkent şahar BXO.


 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborişingiz mumkin.







Boshqa yangiliklar

11/11/2026 06:04:42 pm
SQB Farğona bank xizmatlari ofisi boşqaruvçisi lavozimiga taşqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank xizmatlari ofisi faoliyatini samarali başqariş, biznes natijalarini oşiriş, m ...

11/11/2026 06:03:28 pm
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisi boşqaruvçisi lavozimiga taşqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Bank xizmatlari ofisi faoliyatini samarali boşqariş, biznes natijalarini oşiriş, mijozlarga yuqori sifatli ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 11.11.2026 18:05  
up