SQB Davlat dasturlari bo‘yicha boshqaruvchi o‘rinbosari lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.


16.11.2026 10:08

Agar siz strategik boshqaruv, davlat dasturlari ijrosi va jamoani samarali boshqarish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lsangiz, sizni jamoamizga taklif qilamiz.


Ish joyi: Samarqand BXO.

To'qimachilik BXM.

Sariosiyo BXM.

Toshkent viloyati BXO.

Uchtepa BXM.

Xorazm BXO.


 Asosiy vazifalar:
• Prezident topshiriqlari asosida mahallalarda yangi muhitni shakllantirish va mahalla yettiligi faoliyatini tashkil etish.
 • Mahalla bankirlari va agentlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish.
• Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.
 • PQ-312 qarori asosida kredit loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
• "Mahalla loyihasi", "Biznesga birinchi qadam", "Sayxun tajribasi" va "Uychi tajribasi" loyihalari ijrosini tashkil etish.
• Mikroloyihalar rejasining bajarilishini ta’minlash.
• Biriktirilgan tuman va shaharlar bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish.
 • Jismoniy va yuridik shaxslarning kredit qarzdorligini undirish jarayonlarini tahlil qilish.
 • Hisobotlarni tayyorlash hamda ichki mehnat tartibi va Odob-axloq kodeksi talablariga rioya qilish.


 Talablar:
• Oliy iqtisodiy ma’lumot.
• Kamida 3 yillik ish tajribasi (2 yillik tegishli yo'nalishda rahbarlik lavozimida).
 • Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash, hisobot tayyorlash va monitoring olib borish ko‘nikmalari.
• Analitik fikrlash, mas’uliyat, natijaga yo‘naltirilganlik.
• Stressga chidamlilik, qat’iyatlilik va kommunikativlik.
• O‘zbek va rus tillarini bilish.


 Rezyumelarni: hr@sqb.uz manziliga yuborishingiz mumkin.







Boshqa yangiliklar

11/16/2026 05:30:31 pm
SQB Andijon viloyatidagi Barhayot BXM Markaz rahbari (biznes-menejer) lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: • BXM faoliyatini samarali boşqariş, biznes-reja, savdo körsatkiçlari va KPI baja ...

11/16/2026 02:40:42 pm
SQB Buyurtmalarni tahlil qilish va muvofiqlashtirish xizmati menejeri lavozimiga tanlov e’lon qiladi

Bo‘linma: Xaridlarni tashkil etish va monitoring departamenti Talablar: ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 17.11.2026 10:10  
up