SQB Yuridik departamentining Biznes bo‘linmalar bilan ishlash xizmati menejer lavozimiga tashqi tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.
09.10.2026 13:15
Asosiy vazifalar:
• Bankning biznes bo‘linmalarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
• Yangi bank mahsulotlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ularning qonunchilik hamda bank ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiqligini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
• Bank mahsulotlari pasportlari, shartnomalar va ularning namunaviy loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish hamda huquqiy xulosalar tayyorlash;
• Biznes bo‘linmalarga huquqiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish, xizmat yozishmalariga javoblar tayyorlash;
• Hamkor tashkilotlar bilan muzokara va uchrashuvlarda ishtirok etish.
Talablar:
• Oliy yuridik ma’lumot;
• Yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasi;
• Fuqarolik kodeksi, Markaziy bank qarorlari va moliya-bank sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilish;
• Kreditlash, omonatlar, depozitlar, bank kafolatlari va bank faoliyatining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar;
• O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish;
• Yozma va og‘zaki nutqning ravonligi, tanqidiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalari.
Rezyumelarni:
hr@sqb.uz manziliga 11.10.2026ga qadar yuborishingiz mumkin.

243
Boshqa yangiliklar