SQB yuridik mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi


22.10.2026 06:35

Ish joyi: Toshkent shahar bank xizmatlari ofisi.

Asosiy vazifalar:

  • Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni jalb qilish, Bankning mijozlar bazasini kengaytirish;

  • Mijozlar bilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish, bank mahsulotlari va xizmatlarini targ‘ib qilish;

  • Mijozlar ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos bank yechimlarini taklif etish;

  • Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish;

  • Hisob-kitob-kassa xizmatlari, kreditlar, depozitlar, korporativ kartalar, ish haqi loyihalari, ekvayring va masofaviy bank xizmatlarini taklif etish;

  • Belgilangan savdo rejalari va KPI ko‘rsatkichlarini bajarish;

  • Mijozlarning hujjatlarini qabul qilish, tekshirish va yuridik dosyelarni shakllantirish;

  • Komplayens, KYC, AML/CFT va Bankning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga rioya qilish.

Talablar:

  • Oliy, o‘rta maxsus yoki professional ma’lumot;

  • Mijozlar bilan samarali muloqot qilish va muzokaralar olib borish ko‘nikmalari;

  • Bank mahsulotlari va asosiy bank operatsiyalari bo‘yicha bilimlar;

  • MS Office dasturlaridan ishonchli foydalanish;

  • Savdo, yangi mijozlarni jalb qilish ko‘nikmalari va natijaga yo‘naltirilganlik;

  • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik, muloqotchanlik va jamoada ishlash qobiliyati.

Rezyumelarni hr@sqb.uz elektron manziliga 28.10.2026 sanasiga qadar yuborishingiz mumkin.





Boshqa yangiliklar

10/30/2026 02:46:29 pm
SQB Xorazm bank xizmatlari ofisining Xizmat ko‘rsatish amaliyotlarini muvofiqlashtirish guruhi kichik sotuv menejeri lavozimiga nomzodlarni taklif qiladi.

Asosiy vazifalar: Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni izlash, jalb qi ...

10/29/2026 06:04:52 pm
SQB mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: To‘qimachilik bank xizmatlari markazi. Asosiy vazifalar: Mij ...

10/29/2026 11:34:45 am
SQB mijozlar bilan ishlash bo‘yicha kichik menejer lavozimiga nomzodlarni taklif etadi

Ish joyi: Rakat bank xizmatlari markazi. Asosiy vazifalar: ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.10.2026 12:47  
up