Uzbekistan's best domestic bank 2022: Sanoat Qurilish Bank
19.07.2022 09:55
Asiamoney O'zsanoatqurilishbankni "O'zbekistonning eng yaxshi banki" va "Eng yaxshi ESG bank” deb topdi
Best Bank Awards 2022 toifasidagi yillik tanlov natijalariga ko'ra, Asiamoney xalqaro moliyaviy nashri ekspertlari O'zsanoatqurilishbankni "O'zbekistonning eng yaxshi banki" va "Eng yaxshi ESG bank" nominatsiyalarida g’olib deb topishdi.
Asiamoney mukofotlarini berish to'g'risidagi qaror nashriyot muharriri boshchiligidagi nufuzli moliyaviy tahlilchilar tomonidan moliya tashkilotlari faoliyatini o'rganish va mijozlar va hamkorlarning fikr-mulohazalari asosida qabul qilindi.
Ma'lumot uchun: Asiamoney - xalqaro moliya masalalariga bag'ishlangan nufuzli biznes nashri hisoblanadi. Euromoney Trading Limited global media guruhi tomonidan 1989 yildan beri nashr etiladi. Jurnal har yili Osiyo-tinch okeani mintaqasidagi eng yaxshi moliya institutlariga Asiamoney Best Banks mukofotlarini taqdim etadi.
Asiamoney Uzbekistan's best domestic bank 2022: Sanoat Qurilish Bank 
6640
Boshqa yangiliklar