“Agro Business Bukhara” forumida bank xizmatlari taqdimoti o‘tkazilmoqda


11.09.2018 18:48

“Agro Business Bukhara” forumida bank xizmatlari taqdimoti o‘tkazilmoqda

Kuni kecha Buxoroda o‘z eshiklarini ochgan “Agro Business Bukhara” forumida xorijiy investorlarga hududning investitsion salohiyatini namoyish etishda turli tegishli tashkilotlar qatorida tijorat banklari faol qatnashmoqda.

“O‘zsanoatqurilishbank” aktsiyadorlik-tijorat banki ham ushbu yirik anjumanda o‘z moliyaviy xizmatlari taqdimotini o‘tkazayotir.

Ta’kidlash joiz, “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasida ishga tushirilayotgan korxonalar tarkibida “O‘zsanoatqurilishbank” mijozlari alohida o‘rin egallagan. Ularning aksariyati issiqxona xo‘jaligini tashkil etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, mazkur yo‘nalishdagi loyihalarga bank tomonidan 9,5 mln. AQSh dollari hajmida investitsiya mablag‘lari jalb qilinmoqda.

“Buxoro mega gold”, “Toshkent temir beton”,“Omad”, “Kogon mega trans”, “Sardor milliy taomlari”, “Buxara gold favorit”, “Shoxrux megastroyservis”, “Varashxo meva-sabzavot” korxonalariga bank kreditlari ajratilayotgani fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Forum Buxoro viloyatida agrosanoatni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi loyihalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan. 

Bank axborot xizmati













Boshqa yangiliklar

10/14/2026 06:22:05 pm
SQBda texnik yangilash ishlari o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar! Joriy yil 15-oktyabr kuni soat 03:00 dan 13:00 ga qadar O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning ...

10/14/2026 05:37:53 pm
Murojaatdan amaliy yechimga: SQBda aholi bilan muloqot qanday yo‘lga qo‘yilgan?

Toshkent viloyatida O‘zsanoatqurilishbank mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro B.M. o‘z bizne ...

10/14/2026 05:17:04 pm
Qadriyatlarga tayangan biznes – barqaror rivojlanish asosi yoxud yosh tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi

Xiva shahrida, ochiq osmon ostidagi muzey nomini olgan tarixiy Ichan qal’a yaqinida faoliyat yuritayotgan “Sofra” ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит