“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy munosabati


21.08.2025 17:24

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning rasmiy munosabati

Joriy yilning 20-avgust kuni YouTube platformasida fuqaro E. O‘ (ismi sharifi o‘zgartirilgan) tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Sirdaryo mintaqaviy xizmatlar ofisida eski turdagi AQSh dollarini yangi turdagi dollarga almashtirish bo‘yicha bildirilgan e’tirozli videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ta’kidlash joizki, Bank amaliyotida bevosita eski turdagi banknotlarni yangisiga almashtirish xizmati mavjud emas. Biroq, ushbu yo‘nalishda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:

- chet el valyutasini sotib olish va sotish;

- chet el valyutasini yiriklashtirish yoki maydalash;

- bir turdagi chet el valyutasini boshqa turdagi chet el valyutasiga almashtirish;

- shikastlangan va muomalaga yaroqsiz banknotlarni qabul qilish hamda ularni shu turdagi banknotlarga almashtirib berish.

Mazkur jarayonlarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Bankning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq, shikastlangan, siyqalangan yoki ifloslangan banknotalar komissiya to‘lovi evaziga qabul qilinadi. Ushbu komissiya bank tomonidan banknotlarni saqlash, tashish va emitent chet davlat banklariga yuborish xarajatlarini qoplash maqsadida belgilanadi.

Bu borada Bank xodimlari tomonidan murojaatchiga videoyozuv orqali ham batafsil tushuntirish berilgan.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB o‘z faoliyatida shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga tayanadi hamda mijozlar murojaatlarini amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqib, har bir murojaatga xolis munosabat bildirishga intiladi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Tashqi aloqalarni muvofiqlashtirish xizmati





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 22.08.2025 17:33  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит