
O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruvi tashabbusi bilan yirik korxonalardan iborat korporativ mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Xususan, Bank korporativ markazi tomonidan shu toifadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishni to‘liq qamrab olish maqsadida ularning xodimlari uchun joyiga chiqqan holda uchrashuv va seminarlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, joriy yilning 6-10-yanvar kunlari Farg‘ona viloyatidagi yirik korxonalar, jumladan “Farg‘ona elektr tarmoqlari hududiy korxonasi”, “Farg‘onaazot” va “Indorama Kokand fertilizers and chemicals” aksiyadorlik jamiyatlai, “Fergana Global Textile”, “Musavartex” QK, “Qo‘qon global teks” va “Global Textile Infinity” kabi mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida tashkil etilgan tadbirlarda qariyb 15 ming nafar ishchi-xodimlarga bank xizmat va mahsulotlari haqida batafsil tushuncha berildi.
“Ish haqi” loyihasi doirasidagi mavjud imtiyoz va afzalliklarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob ham oldi..Bank Axborot xizmati
“Özsanoatqurilişbank” ATBda Ichki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda “KPMG Uzbeki ...
Özsanoatqurilişbank xalqaro professional hamjamiyat bilan hamkorlik va tajriba almaşiş doirasini izçil kengaytirm ...
“SQB School”da ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş dasturi (WESP) doirasida 30 nafar hududiy trener iştiroki ...
