“Fitch Ratings” Oʻzsanoatqurilishbank reytingi istiqbolini “barqaror” deya tasdiqladi


05.05.2023 09:47

“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi Oʻzsanoatqurilishbank kredit reytingini mamlakat suveren reytingi darajasida – «BB-», istiqboli “Barqaror” deya tasdiqladi. Ushbu reyting bank faoliyati samarali rivojlanayotgani hamda uning aktivlari barqaror oʻsayotganligini ifodalaydi.

Dunyodagi geosiyosiy vaziyat bilan bogʻliq iqtisodiy xavflarga qaramay Oʻzsanoatqurilishbank 2022-yil yakuni boʻyicha barqaror prognozini saqlab qoldi. Bu holat portfeldagi kreditlar boʻyicha davlat kafolatlari mavjudligi munosabati bilan bank aktivlari sifatiga nisbatan xatarlar yumshatilganligini nazarda tutadi.

Yaʼni, agentlik ekspertlari Oʻzsanoatqurilishbank kredit reytingini tasdiqlashda ishonchlilikning asosiy omillari qatorida uning Oʻzbekiston hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidladi. Oʻzsanoatqurilishbank yaqin bir necha yilda xususiylashtiriladi, shuningdek, zaruratga qarab yuqoridagi qoʻllab-quvvatlash bankning asosiy aksiyadorlari orqali yoʻnaltirilishi mumkin, deyiladi agentlik xabarida.

Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekistonda ikkinchi yirik moliya muassasasi hisoblanadi. 2022-yil yakuniga koʻra, bank sektoridagi aktivlar va kreditlarning 12 foizi ushbu bank ulushiga toʻgʻri keladi. Shuningdek, u mamlakatda moliya tizimini shakllantirishga va davlatning strategik loyihalarini amalga oshirishga katta hissa qoʻshmoqda.

Bundan tashqari, bank asosiy strategik tarmoqlarda kuchli korporativ oʻrnini saqlab qolish bilan birga, oʻz faoliyatini xususiylashtirish maqsadida kichik va oʻrta biznes hamda chakana kreditlash sohalarida tijorat faoliyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Batafsil: https://www.fitchratings.com/research/banks/fitch-affirms-uzbek-industrial-construction-bank-at-bb-outlook-stable-28-04-2023

 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 05.05.2023 09:50  
up