“Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank reytingini tasdiqladi: istiqboli “Barqaror”


17.04.2024 15:16

Xalqaro yetakchi reyting kompaniyalardan biri – “Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” suveren reytingi darajasida ekanligini tasdiqlab, istiqboli “Barqaror” deya baholadi.

Ushbu reyting bank biznesining sezilarli darajada kengayib, rivojlanganini, shuningdek aktivlari barqaror o‘sayotganini ifodalaydi.

“Fitch Ratings” xulosasida bank asosiy strategik tarmoqlarda mustahkam korporativ mavqeni saqlab qolgan bo‘lsa-da, xususiylashtirish oldidan faoliyatini diversifikatsiya qilish maqsadida kichik va o‘rta biznesni tijorat kreditlash va chakana kreditlashni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Bank Axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2024 15:17  
up