Ikki karra A*: SQB tadqiqotlari sun’iy intellekt bõyiça yetakçi xalqaro konferensiyalarda taqdim etildi


16.11.2026 12:12

Õzsanoatqurilişbank xalqaro tadqiqotçilar jamoasi tarkibida nufuzli “IEEE ICDM 2026” xalqaro konferensiyasida ilmiy tadqiqotini taqdim etdi. Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilişga bağişlangan anjuman 2026-yil 12–15-noyabr kunlari Xitoyning Şenyan şahrida bõlib õtdi.

Mazkur iş konferensiyaning eng yaxşi amaliy tadqiqotlaridan biri sifatida “Best Paper Runner-Up Award” mukofotiga sazovor bõldi.

image-18-11-26-12-08-1.jpeg

Bundan avval, sentabr oyi oxirida SQB iştirokida tayyorlangan yana bir ilmiy tadqiqot Fransiyaning Strasburg şahrida õtkazilgan nufuzli MICCAI konferensiyasiga qabul qilingan edi. Şu tariqa, SQB 2026-yilda ilmiy tadqiqotlari A* toifasidagi bir neçta yetakçi xalqaro konferensiyalarda taqdim etilgan Õzbekistondagi sanoqli taşkilotlardan biriga aylandi.

ICDM konferensiyasida taqdim etilgan tadqiqot sun’iy intellekt yordamida real dunyodan olinadigan fizik signallarni, xususan, «elektron burun» (eNose) qurilmasi qayd etadigan hid signallarini qayta işlaş usullarini baholaşga bağişlangan.

Xalqaro tadqiqotçilar jamoasi “Breath-Dx” nomli ilk kompleks bençmarkni – maşinali õqitiş usullarini real şaroitlarga yaqin muhitda, jumladan, sensorlar kõrsatkiçlarining vaqt õtişi bilan õzgarişini hisobga olgan holda taqqoslaş imkonini beruvçi etalon baholaş tizimini işlab çiqdi.

Uşbu tadqiqot, jumladan, kasalliklarni invaziv bõlmagan usullar orqali taşxislaş texnologiyalarini yaratiş uçun ahamiyatlidir.

Tadqiqot doirasida «elektron burun» texnologiyasiga oid eng yirik oçiq klinik ma’lumotlar tõplami asosida 1 234 nafar bemorga tegişli, tõqqizta diagnostik guruhni qamrab olgan ma’lumotlar tahlil qilindi. Olimlar maşinali õqitişning 10 ta algoritmini tizimli ravişda baholadi.

image-18-11-26-12-08.jpeg

Eng samarali usullar ayrim õpka kasalliklarini aniql aşda, real klinik amaliyotga yaqinlaştirilgan vaqt bõyiça validatsiya şaroitida, ROC AUC kõrsatkiçi bõyiça 76 foizlik natijaga erişdi.

Har yili dunyoning yetakçi texnologik kompaniyalari va ilmiy markazlari sun’iy intellekt sohasidagi eng muhim işlanmalarini nufuzli xalqaro konferensiyalarda taqdim etadi. Aynan şunday ilmiy maydonlarda kelajak texnologiyalarining asosiy yõnalişlari şakllanadi.

Bunday konferensiyalarda saralaş jarayoni nihoyatda raqobatli keçadi. Jumladan, joriy yilda ICDM konferensiyasining amaliy tadqiqotlar yõnalişiga 516 ta ilmiy iş taqdim etilgan bõlib, ulardan 103 tasi qabul qilingan. Bu umumiy arizalarning taxminan 20 foizi demakdir.

“Best Paper Runner-Up Award” mukofoti tadqiqotning xalqaro miqyosda yuqori baholanganini tasdiqlaydi. SQB uçun bu nafaqat ilmiy e’tirof, balki “Physical AI” – fizik dunyo bilan õzaro ta’sirlaşuvçi sun’iy intellekt texnologiyalarini yangi sohalarda õzlaştiriş yõlidagi muhim qadamdir.

«A* toifasidagi konferensiyalarda iştirok etiş şunçaki ilmiy maqola çop ettiriş emas. Bu – kelajak texnologiyalari standartlari şakllanadigan xalqaro ilmiy hamjamiyatga kirib boriş demakdir. Bankimiz uçun esa bu sun’iy intellektning yangi avlod yeçimlarini yaratişda bevosita iştirok etiş va Õzbekistonning global ilmiy maydondagi mavqeini mustahkamlaş imkoniyatini anglatadi», – dedi SQBning sun’iy intellekt yõnalişi vakili.

Ma’lumot uçun: IEEE ICDM (IEEE International Conference on Data Mining) – ma’lumotlarni intellektual tahlil qiliş sohasidagi yetakçi xalqaro konferensiyalardan biri. U har yili dunyoning nufuzli texnologik kompaniyalari va universitetlaridan tadqiqotçilar hamda amaliyotçi mutaxassislarni birlaştiradi.

ICDM va MICCAI konferensiyalarining ilmiy tõplamlarida maqola çop ettiriş sun’iy intellekt sohasidagi nufuzli ilmiy yutuqlardan biri hisoblanadi.






Boshqa yangiliklar

11/18/2026 02:57:55 pm
Kuz-qiş mavsumida yonğin xavfsizligi: muhim tavsiyalar

Kuz-qiş mavsumida elektr va isitiş moslamalaridan foydalanış ortişi yonğin xavfini kuçaytiradi. Elektr jihozlarin ...

11/17/2026 06:17:20 pm
SQBda III çorak yakunlari sarhisob qilindi: ilğor xodimlar va eng yaxşi bank tarmoği taqdirlandi

Özsanoatqurilişbankda 2026-yilning III çoragi yakunlariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi. Tadbirda hisobot davrid ...

11/17/2026 06:13:38 pm
«SQB Texno-çoy»: sun’iy intellekt imkoniyatlarini birgalikda muhokama qilamiz!

18-noyabr kuni SQB School’da ekspertlar iştirokida «SQB Texno-çoy» uçraşuvining ikkinçi soni bölib ötadi. ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 18.11.2026 12:16  
up