SQBda III çorak yakunlari sarhisob qilindi: ilğor xodimlar va eng yaxşi bank tarmoği taqdirlandi


17.11.2026 14:14

Õzsanoatqurilişbankda 2026-yilning III çoragi yakunlariga bağişlangan yiğiliş bõlib õtdi. Tadbirda hisobot davridagi faoliyat natijalari muhokama qilinib, yuqori kõrsatkiçlarga erişgan xodimlar va ilğor hududiy bank tarmoqlari taqdirlandi.

Bank Boşqaruvi raisi Aziz Akbarjonov, bank rahbariyati hamda hududiy bank xizmatlari ofislari xodimlari iştirok etgan yiğilişda asosiy biznes kõrsatkiçlari ijrosi yuzasidan taqdimot õtkazildi. Şuningdek, bankning strategik maqsadlarini amalga oşiriş, faoliyat samaradorligini oşiriş va hududiy tarmoqlar işini takomillaştiriş masalalariga e’tibor qaratildi.

image-17-11-26-05-34-1.jpeg

Yiğilişning keyingi qismi bank rivojiga munosib hissa qõşayotgan xodimlar va ilğor hududiy tarmoqlarni taqdirlaşga bağişlandi. Avtokreditlaş, ipoteka kreditlari, bank mahsulotlari sotuvi, xalqaro pul õtkazmalari hamda mikro va kiçik biznes yõnalişlarida eng yaxşi kõrsatkiçlarga erişgan mutaxassislar e’tirof etildi.

III çorak yakunlari bõyiça birinçi õrin sohiblari:

Avtokredit ajratişdagi eng faol xodim — Namangan BXO mijoz menejeri Abdulaxatov Islombek Otabek õğli.
Ipoteka krediti ajratişdagi eng faol xodim — Namangan BXO mijoz menejeri Hamrayev Uluğbek Yoqubjonoviç.
Bank mahsulotlari sotuvi bõyiça eng faol ofis menejeri — Qaşqadaryo BXO ofis menejeri Igamberdiyeva Dilşoda Bahodirovna.
Xalqaro pul õtkazmalari yõnalişidagi eng samarali xodim — Xiva BXM servis menejeri Qurbanov Jamoladdin Şarofaddin õğli.
Mikro va kiçik biznes yõnalişida eng kõp kredit ajratgan xodim — Namangan BXO katta biznes menejeri Bahriddinov Muhriddin Fahriddin õğli.
Mikro va kiçik biznes yõnalişida sof komission daromadlarni eng kõp oşirgan xodim — Rakat BXM kiçik hamkorlik menejeri Abdumuminov Abdurahmon Erkinoviç.
«Eng yaxşi bank tarmoği» nominatsiyasida Namangan BXO birinçi õringa sazovor bõldi. Uşbu ofis vakillarining uçta individual nominatsiyada ham ğoliblikni qõlga kiritgani jamoaning turli biznes yõnalişlaridagi samarali faoliyatini kõrsatdi.

image-17-11-26-05-34-2.jpeg

Taqdirlaş marosimida ikkinçi va uçinçi õrinlarni egallagan xodimlar hamda hududiy bank tarmoqlari ham rağbatlantirildi.





Boshqa yangiliklar

11/17/2026 06:13:38 pm
«SQB Texno-çoy»: sun’iy intellekt imkoniyatlarini birgalikda muhokama qilamiz!

18-noyabr kuni SQB School’da ekspertlar iştirokida «SQB Texno-çoy» uçraşuvining ikkinçi soni bölib ötadi. ...

11/16/2026 05:57:22 pm
Energiya tejamkor yeçimlar uçun davlat kömagi: subsidiya va kredit foizlari kompensatsiyasi

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarni energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanişga rağbatlantiriş maqsadida su ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 17.11.2026 18:17  
up