Joriy yilda sement ishlab chiqarish quvvati qoʻshimcha 5,8 mln. tonnaga oshadi


15.03.2023 14:28

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzsanoatqurilishbank hamda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida mamlakatimizda sement ishlab chiqarish holati, narx va sifat koʻrsatkichlariga bagʻishlangan bifing oʻtkazildi.

Bugungi kunda respublikamizda jami 34 ta sement ishlab chiqaruvchi korxona mavjud. Ularning yillik quvvati 25 mln. tonnaga tengdir.

Joriy yilda ushbu zavodlar tomonidan 17,01 mln. tonna sement ishlab chiqarish rejalashtirilgan boʻlib, yanvar-fevral oylarida bu borada koʻrsatkich 1,12 mln. tonnani tashkil qildi.

Brifingda sement ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishga qaratilgan qator yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgani, xususan, shu yilning oʻzida 7 ta yangi korxonani ishga tushirish natijasida qoʻshimcha 5,8 mln. tonna quvvat yaratilayotgani taʼkidlandi.

Jumladan, "Qoraqalpoqsement" MCHJ tomonidan umumiy qiymati 65 mln. dollar boʻlgan yillik quvvati 1 mln. 400 ming tonna sement ishlab chiqarish liniyasi ishga tushiriladi. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda "Eko sement", “Ishonchli posbon tekstil”, "Jomboysement" masʼuliyati cheklangan jamiyatlariga tegishli yangi loyihalar tatbiq etiladi.

Maʼlumki, 2022-yilning 21-fevral kuni davlatimiz rahbari tomonidan “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, 2022-yil 1-martdan boshlab barcha yuridik shaxslarga sement, sement klinkeri va qurilish oynasini cheklovlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida (kvotasiz) eksport qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, 2024-yil 1-yanvarga qadar Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga qurilish materiallarini barcha mamlakatlarga, shu jumladan, chegaradosh davlatlarga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish harajatlarining 50 foizigacha miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etilmoqda.

Brifingda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan qulayliklar, joriy qilinayotgan imtiyozlar barcha turdagi qurilish materiallari qatori sement ishlab chiqarish koʻlami va sifatlini oshirishda, eksportni rivojlantirishda hamda bandlikni taʼminlashda muhim omil boʻlayotgani qayd etildi.

Bank Axborot xizmati

 





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 31.03.2023 14:32  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит