#kitobchallenge: O‘zsanoatqurilishbank tomonidan sirdaryolik yoshlarga kitoblar hadya qilindi


02.04.2019 16:43

#kitobchallenge: O‘zsanoatqurilishbank tomonidan sirdaryolik yoshlarga kitoblar hadya qilindi

Bugun, 2-aprel kuni O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruvi Raisi Aziz Voitov tomonidan Sirdaryo tumanidagi 40-umumta’lim maktabiga badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Shu yilning 19-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalasiga alohida to‘xtalib, “Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, deya ta’kidlagan edi.

Prezidentimizning ushbu ezgu tashabbusi barcha davlat va jamoatchilik organlari qatori O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan holda Sirdaryo tumanidagi 40-umumta’lim maktabi kutubxonasi uch yuzdan ortiq kitob bilan boyitildi.

Kitoblar jamlamasidan jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalari hamda maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan sara ilmiy-ommabop asarlar o‘rin olgan.

O‘zsanoatqurilishbank yosh avlodning ma’nan barkamol bo‘lib ulg‘ayishida muhim omil bo‘luvchi ushbu aksiyada o‘z ishtirokini faol davom ettirib, maktab o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga bel bog‘lagan.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит