“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 3-uy manzili bo‘yicha joylashgan, korporativ veb sayti: sqb.uz, elektron manzili: info@sqb.uz)ning imtiyozli aksiyasiga ega aksiyadorlarga 2023-yil yakunlari bo‘yicha dividendlar hisoblanganligini ma’lum qilamiz.
Bir dona aksiyaning nominal qiytami 19 (o‘n to‘qqiz) so‘m bo‘lgan imtiyozli aksiyaga 23,0 foiz, ya’ni 4,37 (to‘rt so‘m o‘ttiz yetti tiyin) so‘m to‘lab beriladi.
Bu boradagi qaror 2024-yilning 28-iyun kuni o‘tkazilgan Bank aksiyadorlarining 2023-yil yakunlari bo‘yicha umumiy yig‘ilishida chiqarildi (Yig‘ilish bayoni 2024-yilning 4-iyulida tuzilgan).
Hurmatli aksiyadorlar, hisoblangan dividendni olish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan Bankning xizmat ko‘rsatish ofislariga (aksiyador biriktirilgan hududdagi) shaxsan tashrif buyurgan holda yoki elektron pochta manzili (arizada aksiyadorga xizmat ko‘rsatuvchi bank rekvizitlari hamda shaxsiy plastik karta raqamini to‘liq ko‘rsatib, pasport yoki ID kartaning skaner shaklini ilova qilgan holda) orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Bank Axborot xizmati
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...
“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...

