Yangiliklar

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning mijozlarga yo‘naltirilgan strategiyasi tadbirkorlarga ko‘p yengilliklar bermoqda


22.04.2021

    “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan joriy yilning birinchi choragida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga 808,2 mlrd.so‘mdan ziyod kredit mablag‘lari ajratildi. Pirovardida, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish kabi sohaning muhim tarmoqlarida yangi loyihalar ishga tushirilib, 2 700dan ortiqish o‘rinlari yaratildi.

    Tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan bo‘lib, u davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
    Xususan, shu yilning 8 aprel' kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida keltirilganidek, 2020 yilda kichik biznes sub'ektlariga jami 120 trln.so‘mlik kredit va moliyaviy yordamlar ajratilib, natijada, pandemiyadan zarar ko‘rgan 104 mingdan ortiq korxona faoliyati tiklangan, xususiy korxonalar pul aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 33 foizga o‘sgan.
    Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari qanchalik ko‘p mablag‘ bermaylik, farmon-qarorlar qabul qilib, sharoit yaratmaylik, quyi pog‘onadagi rahbarlar o‘z dunyoqarashini o‘zgartirib, tadbirkor bilan do‘st bo‘lib ishlamasa, natija bo‘lmaydi, deya ta'kidladi.
    Darhaqiqat, O‘zsanoatqurilishbank tizimida transformasiya jarayonida ishlab chiqilgan mijozlarga yo‘naltirilgan strategiya tadbirkorlik sub'ektlarini nafaqat moliyaviy, balki har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi bilan katta ahamiyat kasb etmoqda.
    Bugungi kunda Bank tomonidan kichik biznes sub'ektlari, qolaversa, sohaga endi kirib kelayotgan yoshlarga konsalting xizmatlari ko‘rsatilmoqda, loyihalar supermarketi havola etilmoqda.Kreditlashda tezkorlikni ta'minlash maqsadida joriy qilingan 24 turdagi modulli kreditlar, inson omili ishtirok etmaydigan yangi skoring tizimiga asoslangan Anderrayting xizmati ayni paytda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishda qulay sharoit tug‘dirmoqda.
Bank xodimlarining “Mahallabay” o‘rganishlari hududlarda bir necha o‘nlab istiqbolli loyihalarning ishga tushishi va aholining o‘zini o‘zi band etishiga xizmat qilmoqda. 
    Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro tiklanish va  taraqqiyot banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, “Raiffeisen Bank” (Avstriya), “Commerzbank” (Germaniya), “Gasprombank”, “Promsvyaz'bank” (Rossiya) kabi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan yuqori sur'atda davom ettirilayotgan hamkorlik tadbirkorlik sohasida innovasion loyihalarni ishga tushirish, chetdan ilg‘or texnologiya va uskunalarni keltirishda qo‘l kelmoqda.
Xususan, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida faoliyat yurituvchi “Pichokchi Dry Fruits” mas'uliyati cheklangan jamiyati (MChJ)gaBanktomonidan Islom taraqqiyot banki kredit liniyasi hisobidan 1 mln.AQSh dollari miqdoridagikredit mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilgan.Korxonaning biryo‘la ikkita – gilam va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etishloyihalarimoliyalashtirilishiko‘zda tutilgan.
    Korxonaning yangi liniyalari joriy yilning oktyabr' oyida to‘la quvvatda ishga tushiriladi. Natijada, 40 ta ish o‘rni barpo etilib, yiliga 20 mingkv. metrhajmda gilam va gilam mahsulotlari hamda 2 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashyo‘lga qo‘yiladi.E'tiborli jihati, yiliga 2,5 mln. AQSh dollarilik mahsulot eksportga yo‘naltiriladi.
    Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida faoliyat yurituvchi“ASHINA BOTTLERS” korxonasi ham Bankning moliyaviy ko‘magida ishga tushirilgan. 120 o‘rinli korxona tomonidan ichki bozorga Germaniya texnologiyalari yordamida ishlab chiqarilayotgan alkogolsiz ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.Umumiy qiymati 6 mln. 961 ming yevroga teng ushbu loyihaning teng yarmi Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplab berilgan.
Bank mijozlarining orasida kimyo-plastmassa mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ham o‘rin olgan.
Ulardan biri “JAHON INVEST PLAST” MChJ plastmassadan xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonasi bo‘lib, yillik quvvati 4 mln. 
    300 ming AQSh dollariga teng bo‘lib, shundan 815 ming dollarlik mahsulot eksportga yo‘naltirilishi mo‘ljallangan.
Ayni paytda O‘zsanoatqurilishbankda transformasiya jarayonlari jadallashgan bir paytda, tabiiyki, Bank mijozlarining asosiy qismini egallovchi tadbirkorlar uchun ham yengilliklar yaratishfaol davom ettirilmoqda.Xususan, joriy yilda mijozlarga respublikamizning istalgan hududida “yagona oyna” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish imkonini beruvchi CRM tizimi ishga tushiriladi. Kredit ajratish tizimini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan kredit konveyer dasturiy tizimi joriy qilinadi.Universal xodimlarni shakllantirish orqali mijozbay ishlash tizimiga o‘tiladi,viloyatdagi barcha mijozlarga “yagona MFO” ostida istalgan tuman-shaharda xizmat ko‘rsatiladi. Bank resurs bazasini yanada oshirish choralari ko‘rilib, muassasaning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini moliyalashtirish imkoniyati yanada oshiriladi.

                                                                                                                                                       Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

04/13/2024 04:54:15 pm
Beqasam, atlas, adras - hech qachon urfdan qolmas!

O’zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar” chellenji o’tkazildi.  Chellenj shartlariga ko’ra, ...

04/08/2024 11:51:32 am
Murojaatlar maxfiyligi kafolatlanmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya holatlari haqida xabar berish mumkin boʻlgan aloqa kanallari barqaror ishlamoq ...

04/05/2024 10:51:24 am
“O‘zsanoatqurilishbank “Chiqindisiz dunyo uchun!” ommaviy plogging eko-aksiyasida ishtirok etdi

Joriy yilning 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda barcha viloyatlarda bir vaqtda, ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 22.04.2021 14:22  
up