Oʻzsanoatqurilishbank CAFI sertifikatini qoʻlga kiritdi


10.11.2022 17:32

Oʻzsanoatqurilishbank CAFI sertifikatini qoʻlga kiritdi

Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan Oʻzsanoatqurilishbankka yashil loyihalarni moliyalashtirishdagi faoliyati uchun ikki toifadagi sertifikat taqdim etildi. Unda bankning Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasidagi moliya muassasalari orasida yetakchi ekanligi eʼtirof etilgan.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan mamlakatimiz miqyosida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar faol qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlikdagi transformatsiya jarayonida bu borada aniq mexanizm yaratilgan. Xususan, “Ekologik va ijtimoiy xavflarni boshqarish tizimini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilgan. “Yashil bozor” tadqiq qilingan. Korporativ va ulgurji, kichik va oʻrta biznes toifasidagi mijozlar uchun yashil moliyaviy mahsulotlar ishlab chiqilgan.



Soʻnggi yillarda Bank xalqaro ekspertlar tavsiyalariga koʻra, yashil loyihalarni baholashda XMK tomonidan ishga tushirilgan CAFI (Climate Assessment for Financial Institutions – Moliyaviy institutlar uchun iqlim oʻzgarishini baholash) platformasidan samarali foydalanib kelmoqda.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida muassasa tomonidan ushbu dastur yordamida baholangan qiymati 101,2 mln. AQSH dollariga teng loyihalar moliyalashtirildi. Bu bilan atrof-muhitga tarqaladigan issiqxona gazlari 39,8 ming tonnaga qisqartirildi.

XMK tomonidan CAFI dasturi boʻyicha taqdim etilgan sertifikatda Oʻzsanoatqurilishbankning ushbu yoʻnalishdagi faoliyati ikki toifaga boʻlingan holda eʼtirof etildi:

– “Eng koʻp miqdorda yashil kreditlar ajratish”;

– “Eng koʻp miqdorda issiqxona gazlari chiqindisini kamaytirish”.

Qayd etish lozimki, CAFI moliyaviy institutlar uchun iqlim oʻzgarishlarini baholash platformasi hisoblanib, unda Xalqaro moliya korporatsiyasiga hamkor moliya institutlarining iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashdagi faoliyati hamda ular tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarning rivojlanishi va atrof-muhitga taʼsiri oʻrganiladi.

Bunda har bir yoʻnalish (toifa) boʻyicha alohida mezonlar belgilangan boʻlib, u oʻz ichiga iqlim oʻzgarishlariga moslashish, “yashil” binolar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, transport, suv va enegiya samaradorligi kabilarni oladi.

Bugungi kunda platformadan 50 dan ortiq mamlakatlardagi 144 ta moliya instituti foydalanib kelmoqda.

Maʼlumot uchun. Oʻzsanoatqurilishbankning yashil loyihalarni moliyalashtirish faoliyati nafaqat hukumatimiz, balki jahon hamjamiyati tomonidan ham yuqori baholanmoqda.

Yevropa Tiklanish va taraqqiyot bankining “Yashil moliyalashtirish yoʻnalishidagi eng yaxshi loyiha” sovriniga ikki marta erishgani, «Yashil moliya» markazi (Qozogʻiston) tomonidan “Eng yaxshi yashil investitsiyaviy banki” sifatida ragʻbatlantirilgani bunga misol boʻla oladi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 10.11.2022 17:38  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит