O‘zsanoatqurilishbank: I mintaqaviy filiallararo spartakiada yakunlandi


09.09.2019 17:05

O‘zsanoatqurilishbank: I mintaqaviy filiallararo spartakiada yakunlandi

Mamlakatimiz mustaqilligining 28-yilligi munosabati bilan O‘zsanoatqurilishbank mintaqaviy filiallari o‘rtasida birinchi marta o‘tkazilgan spartakiada yakunlandi.

Joriy yilning 19-mart kuni Prezidentimiz boshchiligida o‘tgan videoselektorda yoshlar ma’naviyatini yanada yuksaltirish, ular qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida beshta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

aa77630d-f567-4a08-bf08-92eb8abe25a5.jpg

O‘zsanoatqurilishbank tizimida mazkur tashabbus ijrosi doirasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, bankning mintaqaviy filiallari o‘rtasida spartakiada musobaqasi ham ushbu tashabbusning yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan ikkinchi yo‘nalashi doirasida tashkil etildi.

Poytaxtimizdagi “Yoshlik” sport majmuasida o‘tkazilgan spartakiadada jamoalar sportning mini futbol, suzish, badminton, katta tennis va stol tennisi kabi yo‘nalishlari bo‘yicha bellashishdi.

5b852ddd-b25c-4402-bde9-1e2f2d792082.jpg

Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqalarda Bosh bank jamoasi umumiy hisobda yuqori ochko jamg‘arib, bosh sovringa ega bo‘ldi.

Spartakiadada, shuningdek oilaviy jamoalar uchun ham turli estafeta o‘yinlari tashkil etildi. Bunda J.Nigmatova va M.Nigmanovalar oilasi faol va epchilligi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

977bc132-b436-4954-98d9-4d6c5b95ef60.jpg

Eslatib o‘tamiz, spartakiadaning birinchi bosqichi joriy yilning 27-28-aprel kunlari o‘tkazilib, unda bank filiallari geografik joylashuvidan kelib chiqib, guruhlashtirilgan holda bahs olib bordi. Bunda bank xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sport bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash, shuningdek sport musobaqalari tashkil etib, jamoada o‘zaro do‘stlik va birdamlikni oshirish maqsadida ko‘zda tutilgan.

Musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, g‘olib jamoalar sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

30c0340c-7cd0-4600-9170-efb031bf405l.jpg

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...

09/29/2026 05:51:41 pm
SQB “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasida ishtirok etdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hududida talaba yoshlar va ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlas ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит