O‘zsanoatqurilishbank o‘z mijoziga Malayziya, Tailand va Singapurga 10 kunlik sayohat uchun 2 kishilik yo‘llanma berdi


21.02.2019 09:57

O‘zsanoatqurilishbank o‘z mijoziga Malayziya, Tailand va Singapurga 10 kunlik sayohat uchun 2 kishilik yo‘llanma berdi

Nihoyat, “Bepul sayohat qil!” aksiyasi g‘olibi uchun kutilgan onlar yetib keldi!

O‘zsanoatqurilishbankning poytaxtimizdagi Mirzo-Ulug‘bek filialida aksiya g‘olibini taqdirlash marosimi tashkil etildi.

Bayram ruhida tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva ishtirok etib, g‘olib - O‘zsanoatqurilishbankning Buxoro mintaqaviy filiali mijozi Firdavs Holnazarovga Osiyo davlatlari (Malayziya, Tailand va Singapur)ga 10 kun sayohat qilish imkonini beruvchi 2 kishilik bepul yo‘llanmani taqdim qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Visa International kompaniyasi hamda tourist.uz agentligi hamkorligida xalqaro va so‘mli Visa plastik kartalari egalari uchun aksiya e’lon qilingan edi.

Aksiya shartiga ko‘ra, Bankning Visa plastik kartalari foydalanuvchilari o‘z hisobidan kamida 3 marotaba 250 AQSh dollari miqdori (yoki ushbu summaning milliy valyutadagi ekvivalenti)da xaridlarni amalga oshirishlari lozim edi.

2018-yil 1-dekabrdan 2019-yil 1-fevralga qadar davom etgan aksiyada O‘zsanoatqurilishbankning jami 1034 nafar mijozi qatnashdi.

Joriy yilning 15-fevral kuni aksiya g‘olibi random.org dasturi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn tarzda aniqlandi.

– Sayru sayohat jonu dilim, – deydi g‘olibimiz Firdavs Holnazarov. – Aksiyada g‘olib bo‘lib, hech qachon qalbni orzu va umidlardan mahrum qilmaslik kerakligini hamda tasavvurlarimizning ro‘yo topishi faqatgina jismoniy va moddiy imkoniyatlarga borib taqalmasligini tushunib yetdim.

– Mazkur loyiha yuzasidan biz juda ko‘p banklarga taklif bildirgandik, – deydi tourist.uz kompaniyasi rahbari Iqboloy Mirzahmedova. – Ular orasida O‘zsanoatqurilishbank birinchilardan bo‘lib tashabbus bilan chiqqan muassasadir. Buning uchun bank rahbariyatiga minnatdorchilik bildirgan holda hamkorliklikni yanada yangi bosqichda davom ettirishga umid bildirib qolamiz.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.02.2019 11:36  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит