Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank Oʻzbekistonda ilk bora bank mahsulotlari tannarxini aniqlash mexanizmlarini joriy etadi


19.10.2021

Oʻzsanoatqurilishbank byudjetlashtirish jarayonlarini SAP BPC bazasida avtomatlashtirdi. Ishlanmani yaratish va joriy etish borasida SAPRUN kompaniyasi bilan sheriklik yoʻlga qoʻyildi. Maʼlumotlarni toʻplashning markazlashgan avtomatlashtirilgan tizimiga oʻtish moliyaviy hisobotlarni tayyorlash muddatlarini ikki barobar qisqartishga imkon yaratdi.

Moliyaviy funksiya transformatsiyasiga qaratilgan loyiha bank avtomatizatsiyasiga poydevor yaratdi. Ayni vaqtda Oʻzsanoatqurilishbank SAPRUN jamoasi bilan hamkorlikda transfert narxlash va xarajatlarni ajratish metodologiyasini ishlab chiqishni yakunlab, SAP PaPM tizimida bank mahsulotlari tannarxini aniqlash mexanizmlarini ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. Mazkur loyiha 2022-yilning bahorida yakunlanishi va Oʻzbekiston bank sektorida shu turdagi ilk loyiha boʻlishi kutilmoqda.

– Zamonaviy avtomatlashtirilgan byudjet tizimi nafaqat Oʻzbekiston moliya sektorida, balki jahon miqyosida ham muhim ahamiyatga ega, – deydi Oʻzsanoatqurilishbank Buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv departamenti direktori Oybek Vohidov. – Loyiha Bank Boshqaruviga sodir boʻlayotgan voqealarning real manzarasini koʻrish, mavjud vaziyatni tushunish, shuningdek, yangi yechim asosida yangi darajadagi strategiyani qurish imkonini berdi. Byudjet jarayonlarining transparentligi, biznesning shaffofligi va yuqori sifatli hamda aniq prognozlash imkoniyatlari tufayli Bank tashqi investorlar uchun yanada jozibador boʻldi.

SAP BPCga oʻtishdan avval byudjet jarayoni 3 oygacha vaqtni talab qilar, maʼlumotlar qoʻlda jamlanishi hisobiga nihoyatda sermashaqqat, rejalashtirish  MS Excel dasturida yuritilar edi. Bundan tashqari, hujjat moliyaviy prognozlash boʻlimida qotib qolar, bankning boshqa boʻlinmalari faoliyatidan uzilib qolar edi,  faqatgina muhim (hal qiluvchi) moddalar hisobga olinib, detallashtirish kvartal boʻyicha olib borilardi. Bank mahsulotlari tannarxini aniqlash mexanizmlari mavjud boʻlmagan.

Yangi bazaga oʻtish Oʻzsanoatqurilishbankda strategik rejalashtirish, byudjetlashtirish va hisobot konsolidatsiyasi uchun  yagona kompleks tizimini yaratish imkoniyatini taqdim etdi.

Byudjet maqsadli va asosiy koʻrsatkichlarining metodologiyasi ishlab chiqilib, funksionali joriy etildi, ular yagona integrallashgan byudjet modeliga kiritilgan. Bu, oʻz oʻrnida, ularning amalga oshirilishini doimiy monitoring qilish va reja-fakt tahlilini oʻtkazish imkonini beradi. Biznes-reja maqsadli koʻrsatkichlariga erishish – byudjet rejalashtirilishi jarayonining muvaffaqiyatli yakunlanishida asosiy mezon sanaladi. Moliyaviy hisobotni shakllantirish avtomatlashtirilgan rejimda amalga oshiriladi.

Bu bilan tahliliy imkoniyatlar kengaytirildi: Moliyaviy masʼuliyat markazi (MMM), mahsulot, valyuta, sotuvlar kanali, muddati va tezkorligi, tarif rejasiga doir tahlillar qoʻshildi. Granulyar rejalashtirish kvartaldan oylikka oʻtkazildi, rejalashtirish gorizonti ham kichraytirildi.

– Moliyaviy tahlil moddama-modda mahsulotga yoʻnaltirildi, endi tahlil har bir bank mahsuloti boʻyicha oʻtkaziladi, – deydi SAPRUN kompaniyasi loyihalar direktori Vitaliy Garbuzov. – Bu, oʻz navbatida, taklifning rentabelligini hisoblash, moliyaviy koʻrsatkichlar tahlilini detallashtirish, jarayonlar shaffofligini kuchaytirish va operatsion chiqimlarni optimallashtirishga yordam beradi. Bankda transfert narx shakllantirishning metodologiyasi va chiqimlar allokatsiyasi ishlab chiqilgan, boʻlinmalar xarajat va daromad markazlariga boʻlingan.

Bankda rejalashtirishning yangi funksionali ishga tushirildi: bankning strategik ahamiyatga ega yirik mijozlari xususan, neft, energetika sanoati, qurilish kompleksi, mashinosozlik va transport kabi sohalarda faoliyat olib boruvchilar uchun har bir kelishuv boʻyicha rejalashtirishning individual yondashuvi qoʻllaniladi, chakana va kichik biznes kelishuvlari uchun – keng miqyosli rejalashtirish. Yaqin kelajakda byudjetlash yangi tizimining funksionalini kengaytirish: byudjet modeliga KPI integratsiyasi, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan rejalashtirish hamda nazorat, OPEX / CAPEX rejalashtirish shakllarining detalizatsiyasi, limitlarni joriy etish koʻzda tutilgan.

SAP Uzbekistan rahbari Laziz Adhamov qayd etganidek, loyiha natijalariga koʻra bank ega boʻladigan biznes-effektlar uzoq muddatli va kapital shakllantiruvchi hisoblanadi. Byudjetlash va moliyaviy tahlil yoʻnalishida biznes-jarayonlarni standartlashtirish hamda mukammalashtirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, norentabel mahsulotlarni qisqartirish shular jumlasidan.  SAP BPC – biznesning oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlovchi koʻlamli tizim boʻlib, u moliyaviy rejalashtirishning tezligi va aniqligini taʼminlaydi.

Kompaniyalar haqida:

SAP – korporativ takliflar bozoridagi yirik va yetakchi kompaniy. SAP servisi va tizimlaridan jahondagi 180 mamlakatda 440 ming mijoz foydalanadi. 1992-yilda Moskvada SAP SE ofisi ochilgan. Bugungi kunga kelib, SAP CIS xodimlarining soni 1300 ga yaqinni tashkil etadi. Kompaniya barcha MDH mamlakatlarida taqdim etilgan. 2012-yilda Moskvada SAP Labs tadqiqotlar va ishlanmalar markazi ochilgan. Muassasaning yana bir boʻlinmasi Sankt-Peterburgda joylashgan.

SAP 29-yildan buyon innovatsion yechimlar bazasida Rossiya kompaniyalarining biznes transformatsiyalari hamda optimizatsiyasini oʻtkazib keladi.

2018-yilning iyulida Moskva shahrida SAP Raqamli yetakchilik markazi – tadbirlar, yangi texnologik yechimlar,  mijoz va hamkorlar bilan yaratilgan qoʻshma ishlanmalar namoyishini oʻtkazishga moʻljallangan innovatsion xab tashkil etilgan.

Kompaniya xodimlar malakasini oshirib borish, ekotizim ekspertizasini rivojlantirish maqsadida taʼlimga faol tarzda sarmoya kiritib kelmoqda.

Rossiya va MDHning 130 dan ortiq oliy taʼlim muassasasi SAP dasturiy taʼminotidan taʼlim sohasida maqsadlarga erishish uchun bepul foydalanish imkoniyatiga ega. 2016-yilda Rossiya va MDH  da 17 ta SAP Next-Gen Lab – talabalar hamda yosh IT-mutaxassislari uchun innofatsiyalar markazi tashkil etildi.

SAPRUN – SAP kompaniyasining konsalting, metodologiya va servis xizmatlari boʻyicha sertifikatlangan hamkoridir. Kompaniya korxona resurslarini boshqarish, yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro harakatlar, Data Mining va Big Data, biznes tahlil boʻyicha IT-echimlarni joriy etadi. SAPRUN sohaviy ekspertiza hamda tajribasi energetika va tabiat resurslari, bank va moliya xizmatlari, xalq isteʼmoli mahsulotlari va diskret ishlab chiqarish sanoatlarini tartibga solishga qaratilgan.

SAPRUN SAP Gold Partner maqomiga ega. SAPRUN 200 nafardan ortiq sertifikatlangan, SAP-tizimlar mahsulotlari boʻyicha malakaga ega maslahatchi va ishlab chiquvchiga ega. Kompaniya mutaxassislari S/4HANA, BW/4HANA, BPC, C/4HANA, Qualtrics, SuccessFactors, SAP Cloud Platform, Ariba, Analytics Cloud, iRPA kabi SAP tizimlarini joriy etish boʻyicha tajribaga egalar.

Bank Axborot xizmati 







Boshqa yangiliklar

04/18/2024 05:59:48 pm
O‘zsanoatqurilishbank O‘zbekiston bazalt mahsulotlarini dunyoga tanitishda faol ishtirok etmoqda

          Forish tumanidagi “Basalt Uzbekistan” klasteri mamlakatimiz og‘ir sanoati qu ...

04/17/2024 03:17:48 pm
“Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank reytingini tasdiqladi: istiqboli “Barqaror”

Xalqaro yetakchi reyting kompaniyalardan biri – “Fitch Ratings” O‘zsanoatqurilishbank kredit reytingi mamlakatning “BB-” ...

04/13/2024 04:54:15 pm
Beqasam, atlas, adras - hech qachon urfdan qolmas!

O’zsanoatqurilishbankda an’anaviy “Milliy liboslar” chellenji o’tkazildi.  Chellenj shartlariga ko’ra, ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 19.10.2021 09:39  
up