O‘zsanoatqurilishbank ta’sisligida “Moliyaviy texnologiyalar” kompaniyasi tashkil etiladi


04.06.2024 19:47

O‘zsanoatqurilishbank ta’sisligida “Moliyaviy texnologiyalar” kompaniyasi tashkil etiladi

2024-yilning 4-iyun kuni O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “Zamonaviy kommunikatsiyalar” MCHJ bilan hamkorlikda muassasa ta’sisligida “Moliyaviy texnologiyalar” kompaniyasini tashkil qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Kompaniya faoliyati bank tizimdagi IT sohasining quyidagi yo‘nalishlarni rivojlantirishga qaratiladi:

- dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish
- mobil texnologiyalarni joriy etish
- sun’iy intellekt yordamida ish tashkil qilish
- robotlashtirilgan jarayonlarini yo‘lga qo‘yish.

“Zamonaviy kommunikatsiyalar” MCHJ bilan biometrika yordamida xavfsizlikni ta’minlash, bulutli texnologiyalar va startap loyihalarni moliyalashtirish yuzasidan ham tajriba almashiladi.

Bank Axborot xizmati






Boshqa yangiliklar

11/20/2026 05:39:16 pm
Kibergigiyena – raqamli xavfsizlik asosi

“Özsanoatqurilişbank” ATBda Ichki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda “KPMG Uzbeki ...

11/19/2026 03:39:23 pm
SQB tajribasi Singapurda: Özbekiston banki xalqaro AI muloqotida

Özsanoatqurilişbank xalqaro professional hamjamiyat bilan hamkorlik va tajriba almaşiş doirasini izçil kengaytirm ...

11/19/2026 10:30:33 am
SQB kõmagida ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş bõyiça hududiy trenerlar malakasi oşirildi

“SQB School”da ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş dasturi (WESP) doirasida 30 nafar hududiy trener iştiroki ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 04.06.2024 19:49  
up