Oʻzsanoatqurilishbank tizimida “Energiya resurslaridan oqilona foydalanish oyligi” eʼlon qilindi


07.07.2022 15:14

Joriy yilning iyul oyi Oʻzsanoatqurilishbank tizimida “Energiya resurslaridan oqilona foydalanish oyligi” etib belgilandi. Bunda xarajatlarni elektr energiyasidan 30 foizga, isitish tizimi va issiq suvdan 25 foizga qisqartirish choralari koʻrilmoqda.
Prezidentimiz raisligida shu yil 10-iyun kuni qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishidadolzarb masalalar muhokama qilinib, qator vazifalar belgilandi.  
Xususan, 2023-yildan savdo va turli xizmat koʻrsatish obyektlari qatori tijorat banklari binolarida ham issiq suv taʼminoti va tashqi yoritishning bir qismini muqobil energiya hisobidan qoplash talabi kiritiladigan boʻldi.
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida maxsus ishchi guruhi tuzildi. “Energiya resurslaridan oqilona foydalanish oyligi”ni samarali oʻtkazishmaqsadida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 
– Tabiiy zaxiralarni asrash va tejash har bir inson burchi boʻlgani boisenergiyadan foydalanishda davlat siyosatini samarali yuritishning tashkiliy-huquqiy mexanizmi muntazam takomillashtirib borilmoqda, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari A.Ergashev. –Davlatimiz rahbari ushbu umummilliy ahamiyatga egaishlarni avvalambor oʻzimizdan boshlashimiz kerakligini, barcha darajadagi rahbarlar shaxsiy namuna koʻrsatib, oʻz uyi, ishxonasida muqobil energiya uskunasini oʻrnatishi zarurliginibejiz taʼkidlamadi. Zero, milliy iqtisodiyotning barcha tarmogʻiga oid ustuvor vazifalardan biri, shubhasiz, energiya resurslaridan foydalanishda suiisteʼmolchilikka yoʻl qoʻymaslik va tejamkorlik bilan yondashishdan iboratdir.
“Energiya resurslaridan oqilona foydalanish oyligi” doirasida barcha tarkibiy tuzilmalar va filiallarda biriktirilgan masʼul xodimlar ish olib boradi, malakali mutaxassislar jalb qilingan holda oʻquv seminarlari oʻtkaziladi. Bosh bank va filiallarda issiq suv isteʼmoli va tashqi yoritishning kamida 25 foizini quyosh elektr panellari va suv isitish qurilmalarini oʻrnatish orqali qoplash choralari koʻriladi.

 Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 07.07.2022 15:16  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит