Oʻzsanoatqurilishbank tizimida “Zakovat” intellektual oʻyinining ilk mavsumi start oldi


06.02.2023 16:16

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida “Zakovat” intellektual oʻyinining ilk mavsumi start oldi

Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “SQB Zakovat” intellektual oʻyinining ochilish marosimi hamda dastlabki oʻyini oʻtkazildi.

Prezidentimiznnig 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish orqali aholining intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan vazifalar belgilandi.

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida xodimlar tafakkuri va salohiyatini oshirish, zamonaviy bilimga ega kadrlarni qoʻllab-quvvatlash hamda jamoa oʻrtasida kitobxonlik va birdamlikni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil qilingan “SQB Zakovat” intelektual oʻyiniga qayta start berildi.

– “SQB Zakovat” intellektual oʻyini uch yildan buyon Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan besh tashabbus doirasida oʻtkazib kelinadi, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Xodimlarni boshqarish departamenti direktori oʻrinbosari A.Nodirov. – Ilk musobaqani koronavirus pandemiyasi davrida Zoom platformasi orqali oʻtkazdik. Maqsad – xodimlar boʻsh vaqtini oqilona oʻtkazish edi. Natijalar kutganimizdan ham aʼlo darajada boʻldi. Jamoada bilimli, alohida salohiyatli, shijoat va fidoyilikda oʻrnak boʻluvchi yosh kadrlarimizni qayta kashf qildik.

Taʼkidlash joizki, “SQB Zakovat” Yoshlar ishlari agentligi hamda “Zakovat” intellektual klubi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Oʻyin mavsumiy tarzda (har bir mavsum 6 oy davom etadi) Bosh bank va uning mintaqaviy tarmoqlarida har biri 6 nafar xodimdan iborat tarkibda shakllantirilgan jamoalar ishtirokida oʻtkaziladi. Bunda gender tenglikni inobatga olgan holda har bir guruhda kamida 2 nafardan xotin-qiz ishtiroki taʼminlanishi lozim.

Joriy yilgi ilk mavsum uchun 16 ta jamoa tuzildi. Bunda ular nafaqat bank-moliya, balki boshqa sohalarga oid ilm-fan yutuqlari boʻyicha mantiqiy savol-javoblar asosida bellashadi. Mavsum gʻoliblari uch (1, 2, 3) oʻrinda aniqlanib, “SQB Zakovat” intellektual oʻyini koʻchma kubogi hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

– Intelektual oʻyinlarni oddiy tilda “aql jangi” deyish mumkin, – deydi 1-tur gʻolib jamoa aʼzosi Hayotjon Umarov. – Uning boshqa musobaqalardan farqi shundaki, bellashuv qay bir jamoaga yutuq keltirmasin, samaradorlik har bir ishtirokchi uchun birdek yuqori boʻladi. Bugungi oʻyin haqida toʻxtalib, hamkasblarim oʻrtasida “Zakovat” boʻyicha koʻnikma va tajribalar shakllangani va shunga asosan har bir jamoa puxta tayyorgarlik koʻrgani bois raqobat juda kuchli kechganini qayd etishim mumkin.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 06.02.2023 16:18  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит