Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan milliy valyutada yangi omonatlar taklif etilmoqda


28.04.2022 09:40

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan milliy valyutada yangi omonatlar taklif etilmoqda

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida “Ishonch” va “Yuksalish” nomli yangi muddatli omonatlar joriy etildi. Ushbu omonatlar JOYDA mobil ilovasi orqali ochilganda daromadlilik nisbatan yuqori boʻladi, onlayn tarzda oson va yengil boshqariladi.

“Ishonch” omonatining saqlanish muddati 13 oy.

Omonat uchun belgilangan minimal summa 500 000 (besh yuz ming) soʻm.

Omonatga hisoblanadigan yillik ustamalar bank filiallari va sotuv ofislarida ochilganda 20 foiz, JOYDA mobil ilovasi orqali esa 21 foiz hajmida belgilangan.

Omonatga qoʻshimcha mablagʻlar kiritib borish va yechib olish koʻzda tutilmagan. Biroq, uni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjuddir.

“Yuksalish” omonati.

Ushbu omonatning saqlanish muddati 13 oy, boshlangʻich badal miqdori esa 100 000 soʻm.

Mijoz oʻz xohishiga koʻra omonatga qoʻshimcha mablagʻlar kiritib borishi va qisman yechib olishi mumkin.

Omonat daromadliligi bank filiallari va sotuv ofislarida rasmiylashtirilganda 19 foiz, JOYDA mobil ilovasi orqali esa 20 foiz hajmida belgilangan.

Shuningdek, omonatchi mazkur omonat boʻyicha ham uni muddatidan oldin yopish imkoniga egadir.

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan amaliyotga kiritilgan yangi omonatlarning eng asosiy afzalligi – har ikki omonat boʻyicha ham mablagʻlar muddatidan oldin qaytarib olinganda u boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlari kuymasdan, mijoz tasarrufida qoladi.

Bundan tashqari, ayni paytda Bank tizimda “Kapital” nomli xorijiy valyutadagi omonat ham amal qilmoqda.Unga mablagʻlar AQSH dollarida 6 oy muddatga, minimal miqdorda 500 (besh yuz) dollar hajmida qabul qilinmoqda.

Omonat boʻyicha belgilangan yillik ustama foizlar (4%) har kuni hisoblanib, omonatchiga oy yakunida toʻlab berilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Oʻzsanoatqurilishbank tizimida aholi omonatlarining siri saqlanishini va pul mablagʻlari oʻz vaqtida qaytarilishi toʻliq taʼminlangan.

Mijozlar omonatlari “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan kafolatlangan.

Batafsil: https://sqb.uz/uz/individuals/deposits/

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 28.04.2022 09:45  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит