Oʻzsanoatqurilishbankda tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi


26.07.2023 16:52

Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan tadbirkorlar oʻrtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari davom ettirilmoqda. Bankning Toshkent shahri hududiy boshqarmasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda qirqqa yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.

Oʻzbekistonda quyosh energiyasidan foydalanadigan texnologiyalar katta istiqbolga ega. Ulardan butun mamlakat hududida yil davomida foydalanish imkoni mavjud. Shu bois soʻnggi yillarda hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan energetikaga oid islohotlarda mazkur yoʻnalish ustuvorlik kasb etmoqda.

Tadbirkorlar bilan muloqot chogʻida dastlab davlatimiz rahbarining joriy yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati, unga koʻra aholi va tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar xususida soʻz yuritildi.

Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi aniq misollar bilan tushintirildi, bu borada bank tomonidan joriy qilingan kreditlar haqida kengroq maʼlumot berildi.

– Albatta, biznesda iqtisodiy manfaatdorlik birlamchi omil, biroq, tabiiy resurslarimiz zaxirasini asrash va atrof-muhit ifloslanishining oldini olish haqida ham oʻylashimiz zarur, – deydi tadbirkorlardan biri Farrux Turdaliyev. – Zero, ekologik muammolar inson salomatligiga jiddiy putur yetkazadi. Sogʻliq gʻamini yeyish esa, daromad koʻrishdan ustun. Shu jihatdan qaraganda, uchrashuv har tomonlama manfaatli oʻtdi. Quyosh panelini nafaqat korxonada, balki xonadonimizda ham oʻrnatish fikri tugʻildi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda bank tomonidan tadbirkorlik subyektlariga ijtimoiy va ekologik ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish uchun 5 yilgacha muddatga yillik 21 foizdan kredit mablagʻlari ajratilmoqda.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 26.07.2023 16:53  
up