Oltin quymalar: jamg'armalaringiz xavfsizligi va ishonchliligi


04.11.2020 09:23

Oltin quymalar: jamg'armalaringiz xavfsizligi va ishonchliligi

Oʻz qiymatini aniq hech qachon yoʻqotmaydigan bu - oltindir. Deyarli barcha rivojlangan davlatlar oʻz oltin zahira rezerviga ega. U yoki bu yoki valyuta qanchalik mustahkam boʻlmasin, barchasi bir soatda oʻzgarib ketishi mumkin. Oltin esa hech qachon sizni “uyaltirib” qoʻymaydi.

Aholining kelajak uchun sarmoya qilishi va oʻz jamgʻarmalari nafaqat pul koʻrinishida, balki boshqa ekvivalentda saqlash imkoniyatini yaratish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oltin quymalarni tijorat banklarida sotish hakida qaror qabul qilindi.

Sotish uchun moʻljallangan quymalar 999,9 probali sof tilladan boʻlib, 5, 10, 20, va 50 grammda maxsus himoyalangan qadoqda chiqariladi. Oltin quymalar qadogʻi maxsus sertifikat boʻlib xizmat qiladi va oʻzining shaxsiy seriya raqamiga ega.

Oltin quymalarni harid qilib, Siz oʻz jamgʻarmangizni xavfsizligini taʼminlaysiz. Axir oltinning qiymati, garchi halqaro birjada biroz oʻzgarib tursa ham, tarixdan barqaror oʻsishni namoyish etib kelmoqda.

Shu bilan birga, oltin quymani siz sovgʻa sifatida taqdim etishingiz mumkin. Bu shunchaki oddiy sovgʻa emas, balki sarmoya qilishning eng yaxshi usulidir, barqarorliq kafolati va valyuta kurslarining oʻzgarishi bilan bogʻliq xatarlardan himoyadir.

Aholi uchun sotishga moʻljallangan oltin quymalar uchun narxlar jahon bozoridagi oltin narxiga bogʻliq boʻlib, u har kuni oʻzgarib turadi. Barcha toʻrt nominaldagi quymalar narxi, shuningdek Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma milliy valyutada har kuni Markaziy bank veb-saytida eʼlon qilinadi.

Bu muhim! Agar siz biron bir shikastlanish yoki qadoqlashning texnik talablariga mos kelmasligi aniqlansa, texnik koʻrikdan soʻng oltin quymalarni qayta sotishingiz mumkin. Toʻlov tekshiruvdan soʻng amalaga oshiriladi.

Oltin quymalarni “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ning Yashnobod filialida harid qilishingiz mumkin. Yaqin vaqtlar ichida esa Amir Temur fililalida (Samarqand sh.) va SQB ning Sirdaryo filialida ham sotib olish mumkin boʻladi.

2020-yil 3-noyabrdagi oltin quymalar uchun sotish va sotib olish narhlari:

  • 5 gramm — 3 456 000 soʻm

  • 10 gramm — 6 661 000 soʻm

  • 20 gramm — 13 197 000 soʻm

  • 50 gramm — 32 364 000 soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb-saytidan oltin quymalar narxlarining kunlik oʻzgarishini bilib olishingiz mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlumotlari asosida tayyorlandi.





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.11.2020 16:41  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит