Poytaxtimizda O‘zsanoatqurilishbankning maxsus bo‘limi ochildi


09.09.2019 11:44

Poytaxtimizda O‘zsanoatqurilishbankning maxsus bo‘limi ochildi

2019-yil 7-sentyabr kuni O‘zsanoatqurilishbankning Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek filiali qoshida maxsus bo‘lim ishga tushdi.

Prezidentimiz tomonidan bank-moliya tizimini rasmiyatchilik bilan, yuzaki isloh qilish amaliyotiga chek qo‘yib, tizimni zamonaviy uslublar asosida ishlaydigan sohaga aylantirish vazifasi qo‘yilgan.

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida bank faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasidan andoza olib, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish, raqamli texnologiyalarga asoslangan masofaviy xizmat turlarini kengaytirish hamda amaldagi xizmatlarni soddalashtirish kabi muhim vazifalar belgilangan.

4306db35-9365-431e-8033-946c0e4208512.jpg

O‘zsanoatqurilishbank tizimida ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada bank mijozlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda sonini, shuningdek, qulayligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bankning Mirzo Ulug‘bek filiali qoshida tashkil etilgan maxsus bo‘lim bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy ifodasidir.

O‘zbekistonda birinchi marta ish boshlayotgan ushbu yangi tuzilmada har bir mijozga individual ravishda xizmat ko‘rsatiladi. Bank tizimining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mukammal bilim va ko‘nikmaga ega xodimlar mijozlar bilan kechayu kunduz aloqada bo‘ladi.

b3528572-559c-4b56-80f6-e70635c46e4у.jpg

Bo‘limda jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan xizmatlar majmuasi maxsus xizmatlar paketi sifatida taklif etiladi. “SQB Elite”, “Visa platinum”, “Lifestyle management” hamda jamg‘arma va kreditlash bo‘yicha yechimlar dasturi shular jumlasidandir.

Bunda birgina “Visa platinum” plastik kartasi foydalanuvchilariga nafaqat yurtimizda, balki dunyoning istalgan nuqtasida qator imtiyozlar taqdim etiladi. Depozit yacheykalardan foydalanish, onlayn xaridlarni amalga oshirishda maxsus chegirmalar, sayohat qiluvchilarga xalqaro darajada tibbiy yordam va axborot xizmati, aeroportda kutib olish va kuzatib qo‘yish kabi xizmatlar ham mazkur xizmatlar majmuasidan o‘rin olgan.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/23/2026 06:00:48 pm
SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPCloyihasini taqdim etdi

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar hayotimizga jadalkirib kelayotgan davrda, aqlli dasturlarning o‘zbek t ...

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.10.2019 13:35  
up