Raddiya: filial faoliyatiga qilingan e’tiroz asossiz


25.06.2019 16:40

Raddiya: filial faoliyatiga qilingan e’tiroz asossiz

Telegram messenjeridagi “SizdanTelegram” (Ozodnews) kanali orqali “O‘zsanoatqurilishbank filiali o‘z vaqtida ochilmadi, odamlar issiqda navbat kutdi” nomli xabarda qayd etilgan holatlar Bank Boshqaruvi tomonidan o‘rganildi.

Xabarda ish vaqti soat 9:00 dan belgilangan bo‘lsa-da, O‘zsanoatqurilishbank Qarshi filiali 2019 yil 20 iyun kuni soat 10:00 da ham ochilmagani, naqd pulga kelgan odamlar issiqda kutib qolgani aytilgan.

O‘rganishlar davomida Qarshi shahridagi Qashqadaryo mintaqaviy filiali binosiga o‘rnatilgan videokameralardagi yozuvlar 2019 yil 20 iyun kuni bank xodimlari soat 8:10 dan ishga kela boshlagani, bank front ofisida mijozlar odatdagidek soat 9:00 da qabul qilina boshlangani aniqlandi.

Bu holat ijtimoiy tarmoqdagi xabarda filialning ish faoliyatiga emas, balki u yerga o‘rnatilgan bankomatning ish tartibiga e’tiroz bildirilganini ko‘rsatadi. Chunki 20 iyun kuni bankomatlar uchun naqd pullar kassa xodimlari tomonidan 9:12 da berilgani, qurilmalarga naqd pul joylashtirish 9:30 da tugatilib, mijozlarning naqd pul yechish imkoni 9:35 da boshlangani aniqlandi.

Xabarda qayd etilgan holatlar bank jamoasi tomonidan atroflicha muhokama qilinib, xodimlarga ish samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirish, ijro intizomi va kasb etikasiga qat’iy rioya qilish yana bir bor eslatib o‘tildi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

11/24/2026 03:09:11 pm
“Özsanoatqurilişbank” ATBning rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Şofirkon tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroning çorvaçilik faoliyatini yölga ...

11/23/2026 12:37:22 pm
Özsanoatqurilişbank (SQB) – startaplarni qöllab-quvvatlayotgan eng faol korporatsiyalar qatorida

Nufuzli xalqaro tadqiqot markazi — StartupBlink tomonidan «Corporate Startup Activity Index 2026» (Korporativ sta ...

11/20/2026 05:39:16 pm
Kibergigiyena – raqamli xavfsizlik asosi

“Özsanoatqurilişbank” ATBda Ichki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda “KPMG Uzbeki ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 17.10.2019 13:35  
up