Respublikа mаxsus komissiyаsi аxboroti


01.04.2020 17:54

Respublikа mаxsus komissiyаsi аxboroti

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq:

- joriy yilning 1 aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida “oʼzini yakkalash” hayot tarzi joriy etiladi. 65 yoshdan yuqori boʼlgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qatʼiyan man etiladi.

- Zarurat boʼlgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar doʼkoniga chiqishga ruxsat etiladi.

Komissiya qaroriga koʼra, yakka tartibdagi xayriya aktsiyalari davomida COVID-19 virusining yanada keng tarqalish xavfi juda yuqori. Mazkur jarayonda yakka tartibdagi xayriya aktsiyalarini joriy yilning 1 aprelidan eʼtiboran vaqtincha toʼxtatiladi.

- Xayriya tadbirlar quyidagi markazlashgan tartibda amalga oshiriladi:

- Toshkent shahrida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi Oʼzekspomarkaz Milliy koʼrgazma majmuasi tarkibidagi pavilьonda tashkil etiladi. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida shunday mexanizm joriy etiladi;

- Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʼlimlari joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolgʼiz keksalar, nogironligi boʼlgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi maʼlumotni hududiy tegishliligi boʼyicha Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga taqdim etadi;

- jismoniy va yuridik shaxslarning begʼaraz yordamlari Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali santitar-gigienik talablarga muvofiqligi koʼrikdan oʼtkazilib, karantin talablariga qaʼtiy rioya etilgan holda (maxsus kiyim bosh va shahsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan holda) ehtiyojmandlarga yetkazib beriladi;

- aholining yordamga muhtoj qatlamiga xayriya yordamlarini shaxsan yetkazish istagida boʼlgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari hamda sahovatpesha insonlar va koʼngilli (volontyor) lar ushbu xayriya tadbirlarida yaqindan hamkorlik qilish va jarayonda qatnashishga taklif etiladi;

- ehtiyojmand oilalarga berilgan xayriya yordamlari haqidagi maʼlumotlar jamoatchilikka mentazam yetkazib boriladi.

- Pul koʼrinishidagi mablagʼlarni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʼtkazish tavsiya qilinadi.





Boshqa yangiliklar

10/09/2026 11:46:31 am
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

10/07/2026 06:23:56 pm
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...

09/30/2026 05:53:07 pm
Sun’iy intellekt va bank texnologiyalari imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi

“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.05.2020 20:46  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит