“SQB” o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi


03.09.2026 06:37

Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchun murosasiz bahs bo‘lib o‘tdi.  Unda amaldagi chempion “BMB” hamda “SQB” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Keskin va hayajonli kechgan uchrashuv yakunida “SQB” jamoasi penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogiga ega chiqdi.

DSC00083.JPG

Uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Har ikki jamoa maydonda yuqori mahorat, jismoniy tayyorgarlik va g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini namoyon etdi. Tomoshabinlarga keskin kurash va yorqin lahzalarni taqdim etgan bahsda g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilindi.


Hal qiluvchi pallada “SQB” darvozaboni Shavkat Ibragimov ishonchli harakatlari bilan jamoasining muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi. Penaltilar seriyasida 4:2 hisobida ustun kelgan “SQB” O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.


Mazkur natija jamoa tarixida yangi sahifa ochdi. O‘zbekiston futzalining nufuzli sovrinlaridan birini ilk bor qo‘lga kiritish “SQB” uchun nafaqat muhim sport yutug‘i, balki jamoaning izchil rivojlanishi va yuqori natijalarga intilishining yorqin ifodasidir.

DSC05999.JPG

Ayniqsa, ushbu g‘alabaning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi nishonlanayotgan davrda qo‘lga kiritilgani uning ahamiyatini yanada oshiradi. Sportdagi bunday yutuqlar mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarning sportga qiziqishini kuchaytirish va milliy sport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.


Bugun Yangi O‘zbekistonda sportni ommalashtirish, yosh avlodni jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol etib tarbiyalash, sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu jarayonda sport klublari va jamoalarining muvaffaqiyatlari, sportchilarning mehnati hamda jamoaviy birdamlik muhim o‘rin tutadi.

DSC09309.JPG

Mamlakatimizda futzalga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotgani, musobaqalarning yuqori saviyada tashkil etilishi va jamoalar o‘rtasidagi raqobatning kuchayishi ushbu sport turining rivojlanishiga yangi turtki bermoqda. “Humo Arena”da kechgan Superkubok uchrashuvi ham futzalning tomoshabopligi, sportchilarning mahorati va muxlislar qiziqishini yana bir bor namoyon etdi.


“SQB” jamoasining tarixiy g‘alabasi esa kelgusidagi musobaqalar uchun muhim rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi. Jamoa a’zolarining birdamligi, maydondagi matonati va hal qiluvchi vaziyatlarda o‘zini ko‘rsata olishi ushbu muvaffaqiyatning asosiy omillaridan bo‘ldi.


Tarixiy g‘alaba muborak, “SQB”!







Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 12.10.2026 11:53  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит