
Joriy yilning 26-fevral kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) boshqaruvi hamda bank tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda bank bosh ofisi xodimlari bilan birga hududiy tarmoqlardan Zoom orqali ulangan 200 nafarga yaqin yoshlar qatnashdi.
Ma’lumki, 24-fevral kuni mamlakatimiz Prezidenti yoshlar bilan muloqot o‘tkazib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik salohiyatini yuksaltirish va iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda yoshlar siyosati mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilgani, davlat rahbari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan muloqotlar bu borada samarali va barqaror tizimni shakllantirgani alohida qayd etildi. Navbatdagi muloqotda ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilindi.
Jumladan, yoshlar tadbirkorligini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratish, kredit miqdorini 10 milliard so‘mgacha oshirish hamda innovatsion startaplarga 100 ming dollargacha investitsiya kiritish belgilandi. Shuningdek, imtiyozli kreditlar, garovsiz moliyaviy ko‘mak, biznes inkubatorlar tashkil etish va volontyorlik harakatini rag‘batlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar nazarda tutildi.
Muloqotda mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash hamda bank tizimida yoshlar bilan ishlashni tizimli asosda yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi. Shu maqsadda Boshqaruv Raisining yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi. U yosh xodimlarning taklif va tashabbuslarini o‘rganib, tegishli masalalarni rahbariyatga kiritib boradi. Zarur hollarda ular Boshqaruv yig‘ilishlari kun tartibida ko‘rib chiqiladi.
Uchrashuv davomida yoshlar bank faoliyatini takomillashtirish, raqamli xizmatlarni kengaytirish va malaka oshirish dasturlarini kuchaytirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqotda belgilab berilgan ustuvor vazi ...
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzsanoatqurilishbank (SQB) ayrim rahbar xodimlarining ish jarayonida xodimlar bilan muomala ...
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) tomonidan Buxoro shahrida tadbirkor ayollar hamda o‘z biznesini boshlash istagi ...

