“SQB School”da sun’iy intellekt va ma’lumotlarni boşqariş bõyiça trening õtkazildi


02.11.2026 13:21

Joriy yil 30-oktabr kuni Õzsanoatqurilişbankning “SQB School” korporativ ta’lim markazida bank xodimlari uçun “Moliyaviy tahlil va moliyaviy kõrsatkiçlarni baholaşda sun’iy intellektdan foydalaniş” hamda “Data Management” mavzularida õquv-trening taşkil etildi.
Снимок экрана 2026-11-02 182118.png

Maşğulotlarda moliyaviy kõrsatkiçlarni tahlil qiliş va baholaş jarayonida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalaniş usullari amaliy misollar asosida tuşuntirildi. İştirokçilar ma’lumotlarni boşqarişning Data Governance, Data Quality, Data Architecture, Metadata Management, MDM, Reference Data Management, Data Catalog va Business Glossary kabi muhim yõnalişlari bilan ham taniştirildi.

Mazkur trening xodimlarning kasbiy bilimlarini mustahkamlaş, zamonaviy texnologiyalar bilan işlaş kõnikmalarini rivojlantiriş va ma’lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qiliş madaniyatini yuksaltiriş nuqtayi nazaridan ahamiyatli bõldi. Olingan bilimlar bankning kundalik faoliyatida raqamli yeçimlardan yanada samarali foydalanişga zamin yaratadi.

SQB’da xodimlar salohiyatini oşiriş, ularning raqamli kompetensiyalarini rivojlantirişga xizmat qiluvçi õquv dasturlari izçil davom ettiriladi.







Boshqa yangiliklar

10/30/2026 05:30:50 pm
SQBda korrupsiyaning oldini oliş va oçiqlikni taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda

Özsanoatqurilişbankda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida korrupsiyaviy xavflarni ...

10/29/2026 09:33:53 am
Tadbirkorlar bilan uçraşuvlar davom etmoqda

“Özsanoatqurilişbank” ATB Boşqaruvi taşabbusibilan Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida tadbirkorlar iştirokida oçiq ...

10/28/2026 02:37:14 pm
SQB: MAHALLADAGI TAŞABBUSDAN BARQAROR DAROMADGAÇA

Bir tadbirkorning kiçik oilaviy biznesi bugun 35 kişi mehnat qilayotgan korxonaga aylangan. Boşqasi esa 15 millio ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.11.2026 18:23  
up