“SQB Ventures” venchur xizmatlari ko‘rsatuvchi qator tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari imzoladi


22.07.2025 14:00

“SQB Ventures” venchur xizmatlari ko‘rsatuvchi qator tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumlari imzoladi

Joriy yilning 21-iyul kuni “SQB Ventures” kompaniyasi “Aloqa Ventures” hamda “IT Park Ventures” mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ)lari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumlarini imzoladi.

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan Prezidentimiz raisligida 2024-yil 16-dekabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida banklar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi doirasida startap loyihalarni moliyalashtirish va innovasion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “SQB Ventures” venchur moliyalashtirish xizmatlari ko‘rsatuvchi maxsus kompaniyasi tashkil etilgan edi.

Hozirgi kunda mazkur kompaniya yoshlar va tadbirkorlar tomonidan taklif etilayotgan noyob biznes g‘oyalar va startap loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Imzolangan memorandumlar doirasida “SQB Ventures” kompaniyasi “Aloqa Ventures” va “IT Park Ventures” MChJlar bilan qator qo‘shma tashabbuslar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

Xususan, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalar sohasida birgalikda dasturlar ishlab chiqiladi, iqtisodiyot, moliya va loyiha boshqaruvi bo‘yicha axborot-tahliliy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi, shuningdek, turli forum, anjuman va seminarlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, loyihalarni keng ommalashtirish va O‘zbekistonning investitsiyaviy imijini mustahkamlashga qaratilgan kobrending hamda marketing tashabbuslari ilgari suriladi. Investitsiya va startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi huquqiy-normativ bazani takomillashtirish bo‘yicha ham qo‘shma takliflar ishlab chiqiladi.

Ushbu hamkorliklar mamlakatimizda venchur investitsiyalash tizimini rivojlantirishga, shuningdek, xalqaro bozorga chiqishni niyat qilgan startapchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

Tashqi aloqalarni

muvofiqlashtirish xizmati






Boshqa yangiliklar

11/24/2026 03:09:11 pm
“Özsanoatqurilişbank” ATBning rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Şofirkon tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroning çorvaçilik faoliyatini yölga ...

11/23/2026 12:37:22 pm
Özsanoatqurilişbank (SQB) – startaplarni qöllab-quvvatlayotgan eng faol korporatsiyalar qatorida

Nufuzli xalqaro tadqiqot markazi — StartupBlink tomonidan «Corporate Startup Activity Index 2026» (Korporativ sta ...

11/20/2026 05:39:16 pm
Kibergigiyena – raqamli xavfsizlik asosi

“Özsanoatqurilişbank” ATBda Ichki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda “KPMG Uzbeki ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 24.07.2025 16:56  
up