SQBdan biznes uchun yangi yechim - Oʻzbekistondagi eng mashhur messenjerda bepul onlayn savdo maydonchasi!


10.04.2020 13:39

SQBdan biznes uchun yangi yechim - Oʻzbekistondagi eng mashhur messenjerda bepul onlayn savdo maydonchasi!

Dunyodagi voqealar sababli biznesingizni cheklamang - biz siz uchun maxsus ishlab chiqqan Telegram boti orqali mahsulotlar va xizmatlarni soting!

Bu bot kim uchun?

Oʻz internet-doʻkoniga ega boʻlmagan tadbirkorlar uchun.

Nimalarni sotish mumkin?

Qonun doirasidagi barcha narsalarni! Oziq-ovqat va uy-roʻzgʻor buyumlari, kiyim-kechak va poyabzal, qandolatchilik va non mahsulotlari, gullar, avtoulov qismlari, uy hayvonlari uchun mahsulotlar, bolalar uchun oʻyinlar va koʻplab boshqa narsalar.

Qanday foydalanish mumkin?

Barcha mahsulotlaringizni botga joylashtiring va buyurtmalarni qabul qiling.
Demo koʻrinishi bilan tanishing @sqbdeliverybot

Tovarlar uchun toʻlovni qanday qabul qilish mumkin?

Mijozlar sizga tovarlarni olgandan keyin naqd pulda yoki toʻgʻridan-toʻgʻri botda joylashgan terminal orqali toʻlashadi.

Onlayn toʻlov xizmatini yoqish uchun SQBda hisob oching. Agarda allaqachon hisob mavjud boʻlsa, onlayn toʻlov xizmati unda bor.

Qanday qilib tovarlarni yetkazib berasiz?

Mahsulotlarni yetkazib berish siz tomondan mustaqil ravishda amalga oshiriladi (bank ishtirokisiz). Siz tanlagan tovarlarni yetkazib berish hududini oʻzingiz belgilaysiz.

Botda qanday qilib roʻyxatdan oʻtiladi?

Maxsus shaklni toʻldiring (https://bot.sqb.uz/newapp/). Shundan soʻng, bizning mutaxassisimiz sizga botni mutlaqo bepul beradi va sizga admin paneli va toʻlov xizmatlarini sozlashda yordam beradi. Botni boshqarish juda oddiy - barcha buyurtmalar sizga Telegram orqali kelib tushadi!

Bizning bankimizning katta oilasiga xush kelibsiz! Sizga ikki oylik bepul xizmat va olti oylik Internet-bank taqdim etiladi.

Hali ham savollaringiz bormi? Bizga @sqbsupport  orqali murojaat qiling




Boshqa yangiliklar

11/20/2026 05:39:16 pm
Kibergigiyena – raqamli xavfsizlik asosi

“Özsanoatqurilişbank” ATBda Ichki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamda “KPMG Uzbeki ...

11/19/2026 03:39:23 pm
SQB tajribasi Singapurda: Özbekiston banki xalqaro AI muloqotida

Özsanoatqurilişbank xalqaro professional hamjamiyat bilan hamkorlik va tajriba almaşiş doirasini izçil kengaytirm ...

11/19/2026 10:30:33 am
SQB kõmagida ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş bõyiça hududiy trenerlar malakasi oşirildi

“SQB School”da ayollar tadbirkorligini qõllab-quvvatlaş dasturi (WESP) doirasida 30 nafar hududiy trener iştiroki ...


Sönggi yangilaniş sanasi: 27.05.2020 20:35  
up