Ta’limga tikilgan sarmoya – eng yaxshi investitsiya!


15.10.2024 12:39

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ta’limga oid loyihalar faol moliyalashtirilmoqda. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Diplomat international school” xususiy maktabi shular sirasiga kiradi.

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini rivojlantirish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, xususan, bu borada tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

O‘zsanoatqurilishbank ko‘magida xususiy maktablarni barpo etishga qaratilgan bir necha o‘nlab loyihalarning tadbiq etilayotgani fikrimizga dalildir.

“Diplomat international school” xususiy maktabi dastlab 2018-yilda poytaxtimizdagi Mirzo Ulug‘bek tumanida, 2023-yilda esa Yashnobod tumanida ishga tushirildi.

Bugungi kunda besh yuz o‘quvchi tahsil olayotgan ushbu maktabda fan va to‘garak xonalari hamda sport zallari zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari bilan jihozlangan.

Maktabda ingliz tili va matematika chuqur o‘rgatiladi, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun tanlov fanlari (variativ ta’lim tizimi) ham joriy qilingan. Joriy yilda mazkur tizim bo‘yicha o‘qitilgan o‘quvchilarning 90 foizdan ziyodi mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilingan.

Maktabda, shuningdek, qator sport turlari bo‘yicha klublar, psixologik mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Ingliz tilidan o‘quvchilarning so‘zlashuv mahoratini rivojlantirishga qaratilgan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

https://www.youtube.com/watch?v=aneRfhSeMIg

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

10/22/2026 10:44:22 am
Serjiu Choklya “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi

2026-yil 5-oktyabrda “O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) aksiyadorlari tomonidan Kuzatuv kengashining mus ...

10/20/2026 10:15:45 am
“Oydin gurunglar – 2026”: SQBning ma’rifiy tashabbuslari e’tirof etildi

Joriy yil 19-oktabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbek tili bayrami ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.10.2024 16:07  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит