


O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati Buxoro, Navoiy, Xorazm va Samarqand viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Joriy yilda 5 million 200 ming nafar, jumladan, banklar tomonidan 3 milliondan ziyod aholini band qilish rejalashtirilgan. Bu boradagi islohotlar Prezidentimiz boshchiligida yurtimizda kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan keng ko‘lamli ishlar tashkil etildi. Xususan, bank qoshida aholi va tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvatlovchi kompaniyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Muassasaga biriktirilgan 712 ta mahallaga mahalla bankirlari va yordamchi-agentlar tayinlandi. Soddalashtirilgan shartlar asosida kredit mahsulotlari joriy qilindi.
Bundan tashqari, bank rahbariyati tomonidan joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularni yangi loyihalarni ishga tushirish va ish o‘rinlari yaratish borasida rag‘batlantirmoqda.
Samarqand viloyatining Payariq va Oqdaryo, Buxoro viloyatining Shofirkon va G‘ijduvon, Navoiy viloyatining Karmana, Xorazm viloyatining Urganch shahri va Shovot tumanlarida o‘tkazilgan ana shunday tadbirlarda tadbirkorlarning g‘oya va rejalari yuzasidan fikr almashildi, yangi loyihalarini tadbiq etishda to‘sqinlik qilayotgan muammolari o‘rganildi, yechimi yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zsanoatqurilishbank (SQB)ning Andijondagi xizmatlar ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatish j ...
“SQB School”da sun’iy intellekt, ma’lum ...

