Xayrli tashabbus boshlagan investor


19.10.2023 17:32

Xitoylik investor  – “Huaxin Cement Jizzakh” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Yao Bingjun tashabbusi bilan Zafarobod tumanining "Chimqoʻrgʻon" qishlogʻida 5,3 kilometr uzunlikda yoʻl barpo etilmoqda. Joriy yilning 19-oktyabr kuni ushbu korxonaga tashkil etilgan press-tur doirasida OAV vakillari ushbu yoʻl qurilishi bilan tanishdi.

– Korxonamiz sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, – deydi tadbirkor Yao Bingjun. – Uni 2020-yilda 150,0 mln. AQSH dollar hajmdagi toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyani kiritish hisobiga barpo etdik. Bu yerda ayni kunda 450dan ziyod mahalliy aholi hamda 80ga yaqin xitoylik mutaxassislar mehnat qilmoqda. Albatta, yoʻl barpo etish nafaqat zavodga, balki xalq uchun ham xizmat qiladi. 

Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari zavodga tashrif buyurib, yiliga 1,7 mln. tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega ilgʻor texnologiyalar ishini kuzatdi. Mutaxassislardan xom ashyo bazasi, sement mahsulotlari sifatini oshirishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, u yerda ishlab chiqarilayotgan M-400 va M-500 markali mahsulotlarning oʻziga xosliklari haqida maʼlumot oldi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 9 oyi davomida mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilingan investitsiya va kreditlar miqdori 2022-yilning shu davriga nisbatan 20,1 foiz oshib, 104,4 trillion soʻm yoki 46,1 foizga koʻtarilgan. Davlatlar kesimida esa, Xitoy yetakchi oʻrin (24,5 foiz)ni egallaydi.
Eʼtiborlisi, mamlakatimizda xorijiy investorlar ishtirokida ishga tushirilayotgan loyihalar qurilish materiallari sanoatida ham talaygina.
“Huaxin Cement Jizzakh” MCHJ shular sirasidandir.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.10.2023 17:33  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит