Yashil texnologiyalar va xalqaro standartlar: “UzShoes”da sanoat rivojining zamonaviy yo‘li


13.03.2025 14:38

Yashil texnologiyalar va xalqaro standartlar: “UzShoes”da sanoat rivojining zamonaviy yo‘li

13-mart kuni O‘zsanoatqurilishbank tashabbusi bilan Qarshi shahridagi poyabzal ishlab chiqaruvchi “UzShoes” korxonasiga press-tur tashkil etildi. Tadbirda jurnalistlar korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va eksport salohiyatini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Ilg‘or texnologiyalar va xalqaro hamkorlik

“UzShoes” korxonasi ishlab chiqarish jarayonlariga Germaniya, Italiya va Avstriyaning ilg‘or “yashil” texnologiyalarini joriy qilgan. Bu nafaqat mahsulot sifatini oshirish, balki ekologiyaga salbiy ta’sirni kamaytirish imkonini ham bermoqda. Shuningdek, korxona belorusiyalik investorlar, dizaynerlar va texnolog mutaxassislar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Bu esa, korxonaning xalqaro standartlarga mos ravishda ishlashini ta’minlamoqda. 

“UzShoes” – eksportga yo‘naltirilgan korxona

Hozirgi kunda korxonada 200 ga yaqin mutaxassis mehnat qilib, 60 turdagi poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Korxona xalqaro ISO 9001-2015 va ISO 9001-2014 sertifikatlariga ega bo‘lib, bu mahsulotlarning raqobatbardoshligini va eksportbopligini ta’minlaydi. Bugungi kunda korxona mahsulotlarining 50 foizi Belorusiya bozoriga eksport qilinmoqda. Shu bilan birga, mahalliy sanoat korxonalari ham “UzShoes” mahsulotlarini afzal ko‘rmoqda. 

Korxona kelajak rejalari: ishlab chiqarish va ish o‘rinlari ko‘lami kengayadi

– Charm-poyabzal mahsulotlari xalq iste’moli mollari orasida muhim o‘rin tutadi. Shu bois davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sohani yanada rivojlantirish maqsadida sanoat korxonalariga turli imtiyozlar va moliyaviy ko‘maklar taqdim etilmoqda, – deydi “UzShoes” MCHJ rahbari Dilshod Muftillayev. – Biz ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, mahsulot turlarini va ishlab chiqarish salohiyatimizni oshirish yo‘lida tinimsiz izlanishdamiz.

Korxona yaqin kelajakda ayollar va bolalar uchun ham poyabzal ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Bu bilan ishlab chiqarish hajmi 500 ming juftga yetkazilib, yana 300 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, korxona o‘z eksport geografiyasini kengaytirib, yangi xalqaro bozorlarga kirishni strategik maqsad sifatida belgilagan. 

2024-yilda qariyb 1 trln. so‘mlik loyihalar moliyalashtirildi

Press-tur doirasida O‘zsanoatqurilishbankning Qashqadaryo viloyatidagi Bank xizmatlari ofisida matbuot anjumani ham tashkil etildi. Anjumanda bankning hududiy tarmoq rahbari o‘tgan yilda amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

2024-yilda bank tomonidan jami 975 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan. Jumladan: 

330,4 mlrd so‘m – investitsiya loyihalariga

290 mlrd so‘m – ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasiga

6,4 mlrd so‘m – qurilish materiallari sanoatiga yo‘naltirilgan. 

Bank ko‘magi natijasida hududda 4,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Joriy yilda ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom etmoqda.

 

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

09/08/2026 12:24:37 pm
Shaffof bank — ishonchli hamkor: tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati tomonidan Samarqand viloyatida tadbirkorlar bil ...

09/04/2026 07:07:02 pm
SQB AI Tech Summit 2026 xalqaro konferensiyasida AI-transformatsiya tajribasini taqdim etdi

“O‘zsanoatqurilishbank” (SQB) Belgradda o‘tkazilayotgan AI Tech Summit 2026 ...

09/03/2026 03:24:31 pm
Ta’lim uchun moliyaviy ko‘mak: SQB imkoniyatlari

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Korporativ markazi xodimlari tomonidan “Perfect-University” MChJ oliy ta’lim muassasa ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 13.03.2025 14:48  
up
logo
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит